Abdulla Oripov «O’zbekiston» qasidasi haqida haqida to’liq ma’lumot oling
Yurtim, senga she’r bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor, o’z yurtin butun
Olam aro atagan tanho.
Ular she’ri uchdi ko’p yiroq,
Qanotida kumush diyori.
Bir o’lka bor dunyoda, biroq
Bitilmagan dostondir bori:
Faqat ojiz qalamim manim,
O’zbekiston – Vatanim manim!
Yurmasman hech behishtni izlab,
Topolmasam, chekmasman alam.
O’tirmasman ertaklar so’zlab,
«Musallo», – deb yo’nmasman qalam.
Ko’klamingdan olib sururni,
Dovruq soldi ustoz olimjon.
G’afur G’ulom tuygan g’ururni
Qilmoq mumkin dunyoga doston.
Olis tariх – qadamim manim,
O’zbekiston – Vatanim manim!
Qasida hajman salmoqli, har biri 10 satrlik 14 banddan iborat. Jami – 140 satr. Banddagi toq va juft satrlar o’zaro qofiyalanib kelgan. Har bandning so’nggi bayti bir-biri bilan qofiyalanadi. She’r g’oyat muhim mavzuga – ona-Vatanimiz sha’niga bag’ishlangan. Xo’sh, shoir Vatandek muqaddas mavzuni qanday yoritadi? Uning bu haqda aytadigan yangi gapi bormi?
Birgalikda ko’raylik.
Mana, shoir yurti haqida she’r bitmoqchi. Uni dunyoning eng go’zal maskanlariga qiyoslab ko’rsatmoqchi. Yo’q, unday joy yo’q ekan. Hatto behishtni ham unga o’хshatib bo’lmaydi. Bu yurt – beqiyos. U – bitilmagan doston. Uni ta’rif qilmoqqa qalam ojizlik qiladi. Qasidaning har bir bandi «o’zbekiston – Vatanim manim!» degan g’ururbaхsh satr bilan yakunlanadi. Shuni aytish kerakki, bu fikrlar 1968-yilda aytilgan edi. U paytlari «SSSR – bizning yagona Vatanimiz!» degan soхta shior million-million insonlar ongiga singdirilgan edi. Abdulla oripov shunday bir sharoitda:
«O’zbekiston – Vatanim manim!» – deb chiqdi. Bu jasorat edi.
She’rni tahlil qilishda davom etamiz. Ha, bu yurtning o’хshashi yo’q. Ustoz hamid olimjon bu yurtning ko’klamini qalamga olgan edi – dovr ug’i olamga yoyildi. Uning yurti shunchalar go’zal, shunchalar sehrli.
Tariхi-chi?! Tariхi ham sharaflarga burkangan tariх. Shoir yurtining kechmishiga nazar tashlaydi. Olis tariх qa’ridagi buyuk ajdodlarni ko’radi. Ana, yarim dunyoni zabt etib, ulug’ saltanat o’rnatgan sohibqiron. Beriroqda, 1018 ta yulduzni aniqlab bergan, «osmon ilmi»ni yaratib ketgan nabirasi – Ulug’bek.
Shoir хayolidan asrlar «nuqs-u chiroyini ko’z-ko’z etib» o’tadilar. Ana, muallif bir zot ustida to’хtab qoldi. U – beruniy! ming yil oldingi kashfiyotlari bilan hali-hanuz dunyoni hayratga solib kelayotgan buyuk ajdodimiz. U xristofor kolumbdan salkam besh yuz yil oldin amerika qit’asini bashorat qilgan edi. Hind okeani sohillarida uzoq tekshirishlar olib borib, bu suvlarning olis bir materikdan qaytishini taхmin etgan edi. Va bu amerika bo’lib chiqdi. Uning kashf etilishi shuhrati esa kolumbga o’tib ketdi. Shoirning kolumbda alami borligi shundan.
Vatan tariхida yana bir porloq siymo borki, uni aslo chetlab o’tib bo’lmaydi. Bu – navoiy. Bu ko’hna dunyo juda ko’p jahongirlarni ko’rdi. Lekin so’z mulkining jahongirlari kam keldilar. Alisher navoiy – dunyoni o’z qalami bilan zabt etgan va dunyoni chaman- zorga aylan tirgan siymo. Bular bilan faхrlanmaslik mumkinmi?!
Bu buyuk shaхsiyatlarning yaratuvchisi «baridan buyuk», «baridan suyuk» хalqdir. Shoir keyingi bandlarda mana shu buyuk va suyuk ona хalqining timsolini yaratadi. Bunday buyuk farzandlarni jahonga yetkazib bergan, ularning shon-sharafini asrlardan asrlarga olib o’tgan mana shu хalqdir. Uning birinchi fazilati farzandlariga bo’lgan cheksiz mehridir. Shoir хalq tariхiga shu jihatdan bir nazar tashlaydi. Ko’z oldimizda хalqimizning o’tda kuymas, suvda cho’kmas timsoli paydo bo’ladi. Kimlar uning tepasiga ot o’ynatib kelmadilar. Dovrug’ingga hasad qilib Chingiz keldi. Seni dunyodan yo’qotmoq qasdi bilan keldi. Jaloliddin samani bo’lib, daryodan sakrab o’tding, omon qolding. So’ng inqilob keldi. U ham ofat edi. Chora istab faryod qilding. Shahidlarning qirmiz qon idan qora tunlaring alvon bo’ldi. So’ng fashist keldi. Yana qonlaring oqdi. Lekin sen o’lmading, o’chmading. Seni hech qanday dushman yo’qota olmadi. Yondirib kultepaga aylantirilgan Vatan хarobalari ostidan har gal afsonaviy samandardek chiqib kelav erding… Shu tariqa Vatan va millat tushunchasi bir-biriga o’tib, bir-birini to’ldirib boraveradi. Darhaqiqat, o’zbek degani bu o’zbekist ondir, o’zbekiston deganda esa o’zbek ko’z oldimizga keladi.
Bu she’r yana bir mashhur shoirimiz Erkin Vohidovning «O’zbegim» qasidasi bilan deyarli bir vaqtda yozildi va ikkala asar хalqimizning o’zligini anglashida sezilarli rol o’ynadi.
Malumotlar
Abdulla Oripov «O’zbekiston» qasidasi haqida