ABDULLA KULOL haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ABDULLA KULOL haqida malumot bilib oling.

ABDULLA KULOL (Kali Abdullo, 1815 — Rishton — 1900) — kulol, koshinpaz usta. Rishton va Qoʻqonda . ishlagan. Fargʻona kulollari ishlariga boshchilik qilgan. Xudoyorxon oʻrdasining (hoz. Qoʻqon oʻlkashunoslik muzeyi) bosh fasadini rang-barang koshinlar bilan bezashda qatnashgan (1867 — 73). Abdulla kulol ishlaridan namunalar (sopol idishlar) Oʻzbekiston davlat sanʼat va Qoʻqon oʻlkashunoslik muzeylarida saqlanadi.

Ensiklopediya.uz
ABDULLA KULOL