ABDULKARIM SOTUQ BUGʻROXON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ABDULKARIM SOTUQ BUGʻROXON haqida malumot bilib oling.

ABDULKARIM SOTUQ BUGʻROXON Qoraxon (859—955) — qoraxoniylar sulolasi asoschisi. 880-y. Torim vodiysining Loʻp, Charchan, Xoʻtan, Kuchor sh. lari joylashgan hududida markazlashgan hokimiyatga asos solgan. Rivoyatlarga qaraganda, u Qashqarga savdo karvoni bilan kelgan Hoji Abu Nasr Somoniy vositasi bilan islom dinini birinchi boʻlib qabul qilgan va 12—25 yoshlarida Qurʼoni Karimni yod olgan. Abdulkarim Sotuq Bugʻroxondan boshlab islom dini Qashqar, Yorkent, Oqsuv va Xoʻtanga tarqalgan. Uning qabri Qashqarning Ostin Ortush mavzesida boʻlib, musulmonlar orasida tabarruk ziyoratgoh sifatida mashhur.

Ensiklopediya.uz
ABDULKARIM SOTUQ BUGʻROXON