abdulhay karimov haqida abdulhay karimov biografiyasi
Аbdulhay Karimov 1956-yil 1-avgustda Farg’ona viloyatining Quva tumanida tug’ilgan. Farg’ona vodiysi san’atkorlar yurti hisoblanadi. Bo’lg’usi Ma’murjon Uzoqov, Tavakkal Qodirov, Fattohxon Mamadaliev, Аbduhoshim Ismoilov, Qobiljon Yusupov, Berta Davidova, Sultonali Mannopov, Ma’murjon To’xtasinov, Mahmud Tojiboev, Raxima Mazoxidova kabi el ardog’idagi san’atkor insonlar ijrosidagi qo’shiqlarni tinglab kamolga yetdi, san’atga mehr qo’ydi. U ayniqsa, maqom qo’shiqlarini, xalq laparlarini jiddiy qiziqish bilan o’rgandi. Аbdulhay Karimov 1973-yilda maktabni a’lo baholarga tamomlab, Farg’ona davlat institutining matematika fakultetiga o’qishga kirdi. 1984-yilda O’zbekiston davlat konservatoriyasining “Аnanaviy ijrochilik” bo’limiga o’qishga kirdi. Yigitlik burchini Ikromjon Bo’ronov rahbarligidagi O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoshidagi ansamblda o’tadi. U ijro etgan “Turkistonda”, “O’zbegim”, “Toy bola”, “Ofarin”, “O’zingga shukur”, “Do’st”, “Oltiariq”, “O’g’il bola”, “O’zbekistonda” kabi ko’plab qo’shiqlar san’at ixlosmandlari qalbidan joy oldi. Аbdulhay barcha viloyatlar, qolaversa, Tojikiston , Qirg’iziston, Turkmaniston kabi qo’shni mamlakatlar, Rossiya, Chexiya, Slovakiya, Belgiya, Malayziya, Polsha, Turkiya kabi xorijiy davlatlarda gastrol safarlarida bo’ldi. Аbdulhay Karimov 1996-yilda “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlandi.
Yulduzlar
abdulhay karimov