ABDULAZIZXON haqida malumot bilib oling.
ABDULAZIZXON (1509-1550) — Shayboniylardan. Ubaydullaxonning oʻgʻli, Xorazm hokimi (1538—39). Otasining vafoti (1539)dan soʻng mamlakatda ikkihokimiyatchilik vujudga kelib, Abdulazizxon Buxoro xoni (1540—50), Koʻchkunchixonning oʻgʻli Abdullatifxon esa Samarqand xoni (1540—1551) boʻlgan. Abdulazizxon oʻz hukmronligi davrida davlat va aholi manfaatlarini koʻzlab qator islohotlar oʻtkazgan, ayrim soliqlar (tanob puli, tafovut, tavfiri va b.) ni bekor qilgan, Buxoro atrofini yangi mudofaa devori bilan oʻrashga kirishgan (uni Abdullaxon II qurib bitkazgan boʻlib, 20-a. boshlarigacha saqlangan). Bundan tashqari u Buxoroda Madrasa, ulkan kutubxona, Bahouddin Naqshband qabristonida xonaqolar qurdirgan.
Abdulazizxon ilm va sheʼriyat ahlining homiysi, oʻta taqvodor inson boʻlib, tasavvuf olimi — Shayx Jalol (7—1549) ning muridi edi. U benazir husnixat sohibi boʻlgan, «Aziziy» taxallusi bilan gʻazallar bitgan.
Ensiklopediya.uz
ABDULAZIZXON