Abdukadirov Abduzarif Abduraufovich Tarjimai hol haqida malumot
Tarjimai hol
Abdukadirov Abduzarif Abduraufovich 1953 yil Yangiyo‘l shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, partiya a’zosi emas, ma’lumoti oliy, oilali.
1970 yilda ToshPIga kirib va 1975 yili usha oliy ta’lim muassasasini bitirdi, elektron texnika muhandisi. 1989 yilda nomzodlik, 2005 yilda doktorlik dissertatsini yoqladi.
Mehnat faoliyatini 1975 yilda O‘rta Osiyo loyiha-montaj ishlar boshqarmasida muhandis lavozimida boshladi.
1976-1990 yillarda FA Kibernetik institutida muhandis, katta muhandis, kichik ilmiy xodim lavozimlarida ishladi.
1990-1993 yillarda Toshkent mashinasozlik intstituti (ToshDTU) da assistent, katta o‘qituvchi bo‘lib ishladi.
1993-1996 yillarda ToshDTU IChJA kafedra doktoranti. 1996-1997 yillarda shu kafedraning ilmiy laboratoriya katta ilmiy xodimi.
1997-2009 yillarda Uyjoyjamg‘armabank (“Ipoteka-bank” ATIB) da bosh mutaxassis.
2009-2014 yillarda (“Ipoteka-bank” ATIB) da yetakchi mutaxassis.
2014 yildan nafaqaxo‘r. 2014 yildan shu kunga qadar ToshDTU IChJA kafedrasida professor bo‘lib ishlaydi.
70 dan ortiq ilmiy ishlar va 1 ta monografiya chop etilgan.
Arboblar
Abdukadirov Abduzarif Abduraufovich
manba:arboblar.uz