ABDOL SULTON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ABDOL SULTON haqida malumot bilib oling.

ABDOL SULTON, asl ismi Abdumalik sulton (? — 1580) — shayboniy sultonlardan, Koʻchkunchixon nevarasi, Abdullatifxonning oʻgʻli, Iskandarxon hukmronligi davri (1561—83)da Zomin hokimi boʻlgan. Taxt uchun kurashlarda magʻlub boʻlib Koʻhiston, soʻng Hisori Shodmonga qochib ketgan; oʻsha yerda Oʻzbek sulton tomonidan oʻldirilgan. Samarqanddagi Koʻchkunchixon madrasasiga dafn etilgan. Abdol Sulton «Xush» taxallusi b-n sheʼrlar ham yozgan.

Ensiklopediya.uz
ABDOL SULTON