ABBOSOV Shuhrat Solihovich to’liq malumot oling

ABBOSOV Shuhrat Solihovich to’liq malumot oling

ABBOSOV Shuhrat Solihovich

(16 yanvar 1931, Qo‘qon- 25 aprel 2018, Toshkent)

O‘zbek rejissyori.

Mukofot va unvonlar

– O‘zbek SSR xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1965).

– O’zbek SSR xalq artisti (1974).

– SSSR xalq artisti (1982)

– Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1974).

– «El-yurt hurmati» ordeni (1998)

– «Shuhrat» medali (1994).

Ijodiy faoliyati

– Toshkent davlat san’at institutini tugatgan (1954) shu institutda professor

(1983 yil dan), kafedra mudiri (1991 yildan).

– M. Uyg‘ur nomidagi viloyat musiqali drama teatrida (Yangiyo‘l sh.) bosh rejissyori. (1954-56). «Yurak sirlari» (B. Rahmonov), «Nurxon» (K. Yashin),

«Og‘riq tishlar» (A. Qahhor) kabi p’esalarni sahnalashtirgan. 1958—91 yillar

– «O‘zbekfilm»da rejissyor (1982—86 yillarda direktor).

– 1996 yildan O‘zbekiston kino arboblari birlashmasining rais muovini.

Kinofilmlar

«Mahallada duv-duv gap» kinokomediyasi (1960) ilk yutug‘i bo‘ldi.

* 2-jahon urushi yillari ota-onasiz qolgan turli millatga mansub 14 bolani tarbiyalagan toshkentlik Shomahmudov oilasining jasorati haqidagi «Sen yetim emassan» (1963; Xalqaro  kinofestival’ mukofoti, Frankfurt-Mayn, 1963),

*  Odob-axloq haqidagi «Qalbingda quyosh» (1965) filmlari rejissyor ijodida alohida o‘rin tutadi.

«Toshkent — non shahri» (1967; kinofestival sovrindori, Olmaota, 1973),

«Sevgi mojarosi» (1971; 5-kinofestival sovrindori, Tbilisi, 1972) filmlari bilan

eng yaxshi kinorejissor sifatida tanildi.

Tarixiy-biografik mavzuda

– «Abu Rayhon Beruniy» (2 qismli, 1974, 8-kinofestivalning bosh mukofoti, Kishinyov, 1975,  Xalqaro kinofestivalning «Oltin Delfin» sovrindori,

Tehron, 1977),

– «Olovli yo‘llar» (Hamza hayotiga bag‘ishlangan 17 qismli telefilm, 1975—84),

– urush yillari front ortidagi qiyinchiliklar haqida hikoya qiluvchi «Katta urushdagi kichik odam» (1989)

filmlari ham mashhur.

Mustaqillik Abbasov ijodida burilish yasadi. 14 qismli «Kamolot cho‘qqisi sari» hujjatli (1995)

va 2 qismli «Otamdan qolgan dalalar» badiiy (ssenariysini M. To‘ychiev bilan hamkorlikda yozgan, 1998) filmlarni

yaratdi.

Biografiya
ABBOSOV Shuhrat Solihovich