
ABBOS MIRZO haqida malumot bilib oling.
ABBOS MIRZO (1789-1833) — Eron davlat va harbiy arbobi. Fath Alishoh Qojarning oʻgʻli, uning Ozarbay-jondagi noibi. Davlatni idora qilish ishlarida, xususan Eron tash-qi siyosatini yurgizishda yetakchi rol oʻynagan. Rossiya-Eron urushlari (1804-13 va 1826—28) hamda Eron-Turkiya urushi davri (1821—23)da Eron qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan. Ingliz va fransuz harbiy mutaxassislari yordamida Eron qoʻshinlarini (xususan Ozarbayjonda) Yevropacha tartibda qayta tuzishga harakat qilgan. Turkmanchoy shartnomasini imzolagan (1828).
Ensiklopediya.uz
ABBOS MIRZO