ABBOS I haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ABBOS I haqida malumot bilib oling.

ABBOS I (1571-1629) — Eron shohi (1587—1629), sarkarda. Safaviylardan. Abbos I oʻz hukmronligining dastlabki yillaridayoq mamlakatdagi ichki tarqoqlikka barham berib, markazlashgan davlat tuzishga kirishgan; muntazam qoʻshin tuzib, Ozarbayjon va Xuroson (1598), Bahrayn o. lari (1602), Qandahor (1621), Hoʻrmuz o. (1622) va Irok, (1623) ni egallagan. Abbos I davrida poytaxt Qazvindan Isfahonga koʻchirilgan (1598), yangi shaharlar, yoʻllar, koʻpriklar, karvon saroylar, qasrlar qurilgan, koʻplab ariqlar qazilgan. Abbos I Buxoro xonligi, Rossiya, Angliya, Avstriya, Ispaniya, Gollandiya va b. davlatlar bilan elchilik munosabatlarini oʻrnatgan. Abbos I davrida Eron kuchli markazlashgan davlatga aylangan. Eronda uni «buyuk» deb eʼzozlashadi.

Ensiklopediya.uz
ABBOS I