ABBOS BAHODUR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ABBOS BAHODUR haqida malumot bilib oling.

ABBOS BAHODUR, Abbos bahodur qipchoq, Abbosbek (7—1387) — Amir Temurning safdoshi, yirik lashkarboshi. Jeta moʻgʻullariga qarshi kurashda faol qatnashgan. A. B. Jangi loyga Amir Temur cherikining qanbulila (markazida) turib, katta jasorat koʻrsatgan. 1370-y. amir Husayn bilan boʻlgan soʻnggi jangda Amir Temur tarafida jang qilib, koʻp bahodirlik koʻrsatgan. 1370-y. 9 apr. da amir Husayn ustidan toʻla gʻalabaga erishilgach, Amir Temur Abbos Bahodurga boshqa yirik lashkarboshilari qatorida amiri lashkar (cherik begi) harbiy unvonini bergan.

Abbos Bahodurning yoshi Sohibqironga nisbatan ulugʻroq boʻlgan boʻlsa kerak, chunki u 1385-y. gacha boʻlgan harbiy yurishlarda faol qatnashib, shu yildan eʼtiboran koʻproq oʻgʻruqda qoldirilgan. Xususan u 1386-y. boshlangan «uch yillik yurish»da ishtirok etmay, Samarqandda «Movarounnahr viloyatining zabti uchun» qoldirilgan. 1387-y. oxirida Toʻxtamishxon Movarounnahrga bostirib kelganida u bilan Oʻtrordan 5 km sharqroqda joylashgan Chukalak mavzeida boʻlgan jangda yarador boʻlib, vafot etgan.

Ensiklopediya.uz
ABBOS BAHODUR