Abbos al-Javhariy haqida

Abbos al-Javhariy haqida
abbos al javhariy haqida 65cb2d3991001

al biruni

Abbos al-Javhariy haqida

Mundarija скрыть
Abbos al-Javhariy haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Tug‘ilgan sana: 800 yil Vafot etgan sana: 860 yil Xalifa al-Ma’mun davrida Bag‘dod va Damashqda faoliyat ko‘rsatgan yirik astronom va matematiklardan biri — al-Abbos ibn Sa’id al-Javhariy aslida Forob shahri (hozirda Gavhartepa)da dunyoga kelgan. Uning hayoti va faoliyati haqida manbalarda aniq ma’lumotlar saqlanmagan. Al-Javhariyning 830- yillar atrofida Ma’mun akademiyasidagi astronomik kuzatishlarda ishtirok etganligi inobatga olinib, uni IX asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan degan xulosaga kelingan. O‘rta asr Sharq xalqlari fani va madaniyati tarixiga oid ilk bibliografik asar — «Kitab al-Fixrist»ning muallifi Ibn an-Nadim yunon olimi Yevklidning «Negizlar» («al-Usul») nomli kitobi haqida gapirar ekan, unga yozilgan sharhlardan birini al — Javhariy bitgan, deb ma’lumot beradi. Al-Javhariyning faoliyati haqidagi asosiy ma’lumotlar Ibn al-Qiftiyning mashhur «Olimlarni hakimlar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish» («Ixbar al-ulama bi axbar al-hukama») kitobida saqlanib qolgan. Unda shunday deyiladi: «Al-Abbos ibn Sa’id al-Javhariy munajjim bo‘lib, u astronomiya va astronomik hisoblarda mohir mutaxassis hisoblangan. (Shu bilan birga) u astronomik jihozlardan foydalanihda ham noyob iste’dod sohibidir: U xalifa al-Ma’munga hamroh bo‘lgan va al-Ma’mun uni Bog‘dodda ash-Shamosiya mintaqasidagi tajriba ishlariga mas’ul olimlar bilan astronomik kuzatishlarni olib borishga undadi. Al-Javhariy ba’zi sayyoralar, quyosh va Oyning o‘rnini aniqlagan. Natijada ushbu soha ahllari ora-ida mashhur bo‘lgan o‘z zijini yarata oldi. Uning o‘zi va hamkasblari — Sanad ibn Ali, Xolid ibn Abd al-Malik al-Marvarrudiy, YAhyo ibn Abu Mansurlar musulmon dunyosida birinchi bo‘lib astronomik kuzatish va tajribalar olib borgan shaxslardan bo‘lgan. Al-Javhariy quyidagi asarlarning muallifidir: «Zij kitobi», «Yevklid kitobiga sharh» («Kitab tafsir kitab Uqlidis»), «Yevklidning «Negizlar» asarining birinchi kitobiga u (al- Javhariy) qo‘shgan shakllar» («Kitob al-ashkal allati zadaha fi-l-maqala al-uvla min Uqlidis»)». Ibn al-Nadim va Ibn al-qiftiylarning al-Javhariy haqidagi yuqoridagi malumotlarini XVII asr turk bibliografi Hoji Xalifa asosan o‘zgarishsiz qaytaradi. Al-Javhariy o‘z davridagi boshqa yetuk astronomlar bilan hamkor-liqda xalifa al-Ma’munning topshirig‘iga binoan rejalashtirilgan «al-Ma’munning tekshirilgan ziji»ni yozishda faol ishtirok etgan. U Bag‘doddan tashqari, Damashq shahridagi astronomik kuzatishlarda qatnashib, astronomiyadan tashqari matematikada ham katta natijalarga erishdi. Uning Yevklidning «Negizlar» kitobiga yozgan sharhi va bu asarning birinchi kitobiga qo‘shgan shakllari, parallel chiziqlar haqidagi g‘oyalari olimni geometriya sohasida ham chuqur bilimlar sohibi bo‘lganidan dalolat beradi. Bundan tashqari, al-Javhariy «Negizlar» kitobini isloh qilish» («Islah li kitab al-Usul») asarining ham muallifidir. Mazkur asar bizgacha yetib kelmagan bo‘lsa-da, uning mazmuni haqidagi to‘liq ma’lumotlar XIII asrda yashagan qomu-siy olim Nasiriddin Tusiyning «Parallel chiziqlar haqidagi shubhalarni davolash» («ar-Risola ash-shafiyya an shakk fi-l-xutut al-mutavaziyya») risolasida bayon etiladi. Al- Javhariy o‘zining bu kitobida Yevklidning «Negizlar» asaridagi V postulatni isbotlashga harakat qiladi. Ma’lumki, «Negizlar» asarining bu qismida parallel chiziqlar haqida mulohazalar yuritiladi. Bu mavzu ustida bosh qotirgan al-Javhariy burchak ichida joylashgan har qanday nuqtadan burchakning ikki tarafini birlashtiruvchi chiziq chizish mumkin, degan xulosaga keladi. Muallif qo‘llagan parallel chiziqlar nazariyasi shunisi bilan ahamiyatliki, undan 1800 yili fransiyalik geometriyashunos olim A.M.Lejandr V postulatni isbotlashda foydalangan. Al- Javhariyning yuqorida sanab o‘tilgan asarlaridan tashqari yana ikki asar yozganligidan dalolat beruvchi qo‘lyozmalar saqlangan. Ulardan birinchisi, «Yevklidning «Negizlar» asarining beshinchi kitobiga qo‘shimchalar» («Ziyadat fi-l-maqala al-hamisa min kitab Uqlidis») nomi bilan atalib, u hozirda Amerika, Turkiya, Eron, Tunis va Щindiston kutubxonalarida mavjud. Ikkinchi, «quyoshning yer markazidan uzoqligini aniqlash» («Risola fi ma’rifat bu’d ash-shams an-markaz al-ard») risolasi yagona nusxada Bayrutda saqlanmoqda.

DO`STLARGA ULASHING:

Abbos al-Javhariy haqida
Tug‘ilgan sana: 800 yil
Vafot etgan sana: 860 yil
Xalifa al-Ma’mun davrida Bag‘dod va Damashqda faoliyat ko‘rsatgan yirik astronom va
matematiklardan biri — al-Abbos ibn Sa’id al-Javhariy aslida Forob shahri (hozirda Gavhartepa)da
dunyoga kelgan. Uning hayoti va faoliyati haqida manbalarda aniq ma’lumotlar saqlanmagan.
Al-Javhariyning 830- yillar atrofida Ma’mun akademiyasidagi astronomik kuzatishlarda ishtirok
etganligi inobatga olinib, uni IX asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan degan xulosaga kelingan.
O‘rta asr Sharq xalqlari fani va madaniyati tarixiga oid ilk bibliografik asar — «Kitab al-Fixrist»ning
muallifi Ibn an-Nadim yunon olimi Yevklidning «Negizlar» («al-Usul») nomli kitobi haqida gapirar
ekan, unga yozilgan sharhlardan birini al — Javhariy bitgan, deb ma’lumot beradi.
Al-Javhariyning faoliyati haqidagi asosiy ma’lumotlar Ibn al-Qiftiyning mashhur «Olimlarni hakimlar
haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish» («Ixbar al-ulama bi axbar al-hukama») kitobida saqlanib
qolgan. Unda shunday deyiladi: «Al-Abbos ibn Sa’id al-Javhariy munajjim bo‘lib, u astronomiya va
astronomik hisoblarda mohir mutaxassis hisoblangan. (Shu bilan birga) u astronomik jihozlardan
foydalanihda ham noyob iste’dod sohibidir:
U xalifa al-Ma’munga hamroh bo‘lgan va al-Ma’mun uni Bog‘dodda ash-Shamosiya mintaqasidagi
tajriba ishlariga mas’ul olimlar bilan astronomik kuzatishlarni olib borishga undadi. Al-Javhariy ba’zi
sayyoralar, quyosh va Oyning o‘rnini aniqlagan. Natijada ushbu soha ahllari ora-ida mashhur bo‘lgan
o‘z zijini yarata oldi.
Uning o‘zi va hamkasblari — Sanad ibn Ali, Xolid ibn Abd al-Malik al-Marvarrudiy, YAhyo ibn Abu
Mansurlar musulmon dunyosida birinchi bo‘lib astronomik kuzatish va tajribalar olib borgan
shaxslardan bo‘lgan. Al-Javhariy quyidagi asarlarning muallifidir: «Zij kitobi», «Yevklid kitobiga
sharh» («Kitab tafsir kitab Uqlidis»), «Yevklidning «Negizlar» asarining birinchi kitobiga u (al-
Javhariy) qo‘shgan shakllar» («Kitob al-ashkal allati zadaha fi-l-maqala al-uvla min Uqlidis»)».
Ibn al-Nadim va Ibn al-qiftiylarning al-Javhariy haqidagi yuqoridagi malumotlarini XVII asr turk
bibliografi Hoji Xalifa asosan o‘zgarishsiz qaytaradi.
Al-Javhariy o‘z davridagi boshqa yetuk astronomlar bilan hamkor-liqda xalifa al-Ma’munning
topshirig‘iga binoan rejalashtirilgan «al-Ma’munning tekshirilgan ziji»ni yozishda faol ishtirok etgan.
U Bag‘doddan tashqari, Damashq shahridagi astronomik kuzatishlarda qatnashib, astronomiyadan
tashqari matematikada ham katta natijalarga erishdi.
Uning Yevklidning «Negizlar» kitobiga yozgan sharhi va bu asarning birinchi kitobiga qo‘shgan
shakllari, parallel chiziqlar haqidagi g‘oyalari olimni geometriya sohasida ham chuqur bilimlar sohibi
bo‘lganidan dalolat beradi. Bundan tashqari, al-Javhariy «Negizlar» kitobini isloh qilish» («Islah li
kitab al-Usul») asarining ham muallifidir.
Mazkur asar bizgacha yetib kelmagan bo‘lsa-da, uning mazmuni haqidagi to‘liq ma’lumotlar XIII
asrda yashagan qomu-siy olim Nasiriddin Tusiyning «Parallel chiziqlar haqidagi shubhalarni
davolash» («ar-Risola ash-shafiyya an shakk fi-l-xutut al-mutavaziyya») risolasida bayon etiladi. Al-
Javhariy o‘zining bu kitobida Yevklidning «Negizlar» asaridagi V postulatni isbotlashga harakat
qiladi.
Ma’lumki, «Negizlar» asarining bu qismida parallel chiziqlar haqida mulohazalar yuritiladi. Bu mavzu
ustida bosh qotirgan al-Javhariy burchak ichida joylashgan har qanday nuqtadan burchakning ikki
tarafini birlashtiruvchi chiziq chizish mumkin, degan xulosaga keladi. Muallif qo‘llagan parallel
chiziqlar nazariyasi shunisi bilan ahamiyatliki, undan 1800 yili fransiyalik geometriyashunos olim
A.M.Lejandr V postulatni isbotlashda foydalangan. Al- Javhariyning yuqorida sanab o‘tilgan
asarlaridan tashqari yana ikki asar yozganligidan dalolat beruvchi qo‘lyozmalar saqlangan. Ulardan
birinchisi, «Yevklidning «Negizlar» asarining beshinchi kitobiga qo‘shimchalar» («Ziyadat fi-l-maqala
al-hamisa min kitab Uqlidis») nomi bilan atalib, u hozirda Amerika, Turkiya, Eron, Tunis va
Щindiston kutubxonalarida mavjud. Ikkinchi, «quyoshning yer markazidan uzoqligini aniqlash»
(«Risola fi ma’rifat bu’d ash-shams an-markaz al-ard») risolasi yagona nusxada Bayrutda saqlanmoqda.

Abbos al-Javhariy haqida