ABASTUMANI ASTROFIZIKA RASADXONASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ABASTUMANI ASTROFIZIKA RASADXONASI haqida malumot bilib oling.

ABASTUMANI ASTROFIZIKA RASADXONASIGruziya FA astronomik i. t. muassasasi; 1932-y. da Abastumani qishlogʻi yonida tashkil qilingan. 1937-y. dan dengiz sathidan 1650 m balandlikdagi Kanobili togʻida ish olib boradi. Yulduzlarning spektral koʻrsatkichlari, yulduzlararo muhitda yorugʻlikning yutilishi, yulduzlarning Galaktikadagi harakati, Yerning yuqori atmosferasi oʻrganiladi. Oʻzgaruvchan yulduzlar va Oy sathi elektrofotometriya qilingan; yulduzlar va b. osmon jismlarining rang koʻrsatkichlari roʻyxati tuzilgan, yangi kometalar, kichik sayyoralar, yangi yulduzlar, emission yulduzlar ochilgan. Asosiy asboblari: 70 sm li meniskli teleskop, 125 sm li reflektor, 40 sm li reflektor, Shmidt tizimidagi 36 sm li teleskop, elektrofotometr oʻrnatilgan 32 sm li reflektor, xromosfera teleskopi, 40 sm li qoʻshaloq astrograf va b. 1937-y. dan «Byulleten» chop etadi. Osmonning 100 mingdan ortiq fotosurati saqlanmoqda.

Ensiklopediya.uz
ABASTUMANI ASTROFIZIKA RASADXONASI