A. Oripov hayoti va ijodi “O’zbekiston” qasidasi mavzusida dars ishlanma to’liq malumot oling
A. Oripov hayoti vaijodi “O’zbekiston” qasidasi mavzusida dars ishlanma
Mundarija
скрыть
Sinf : V
Fan : Adabiyot
Mavzu : A. Oripov hayoti vaijodi “ O’zbekiston ” qasidasi
Maqsad : O’quvchilarni shoir hayoti va ijodiyoti bilan yaqindan
tanishtirish
a) Ta’limiy : A. Oripovning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish
b) Tarbiyaviy : Shiorning “ O’zbekiston ” she’ri orqali o’quvchilarni
mehrli buyuk ajdodlarimozga hurmat , vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash
s) Rivojlantiruvchi : O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish ,
savodxonligini o’stirish , ifodali o’qishga o’rgatish
d) O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish , ularni o’zlari tanlagan
kasblarini ustasi bo’lishga halol va vijdonan
ishlashga o’rgatish
e) Milliy istiqlol g’oyasi: O’tiladigan mavzudan kelib chiqib mustaqil
O’zbekiston haqida buyuk siymolarimiz , vatanimiz
ramzlari va madhiyasi haqida ma’lumot berish .
Dars tipi : O’quvchilarga yangi bilim berish
Dars uslubi : og’zaki
Dars usuli : o’yin tarzida savol – javob
Dars jihozi : darslik , shoir rasmlari , kitoblari , “gul terish “
ko’rgazmasi , tarqatma katochkalar , buklet
Darsning borishi :
Tashkiliy qism
2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o’yin tarzida savol – javob
Yangi mavzuni o’quvchilar ongiga singdirish , shu bo’yicha bilim berish
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun tarqatma materillardan foydalanish
Darsimiz reja asosida bo’lib o’tadi . Tashkiliy qismda o’quvchilar adabiyot haqidagi she’rlar bilan boshlaydilar . Bugungi darsimiz
Adabiyot yuragimning bir parchasi
Go’zalligi nafosatning debochasi
Sen borsanki umid qilar , zavqqa to’lar
Adabiyot sen qalbimning shoh supasi
Shoirimiz :
Yoshlikda olingan bilim , toshga o’yilgan naqsh kabidir .
O’quvchilar bilan o’tilgan mavzu yuzsidan o’yin tarzida savol – javob o’tkaziladi . “ Gul terish ” musoboqa o’yinida ikkita guruhga bo’linib savollarga javob berishadi . Savollar quyidagilar :
H . H. Niyoziy qachon va qayerda tug’ilgan ?
Hamza she’rlari mavzulari haqida gapirib bering ?
H. H. Niyoziy she’rlaridan birini yod aytib bering ?
E. Vohidov hayoti va ijodi haqida gapirib bering ?
E. Vohidovning “ O’zbegim ” qasidasi nima haqida ?
Qasida janri haqida ma’lumot bering ?
E. Vohidovning “ O’zbegim ” qasidasidan parcha ayting ?
H. H. Niyoziy asarlaridan ayting va hokozo ….
O’yin tugagach savatdagi gullar sanaladi va g’olib guruhlar aniqlanadi . Savollarga to’liq javob bergan guruhlar baholanadi .
Kasbga yo’naltirish maqsadida bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarga mehnat va hunar haqida tarqatma maqollar tarqatiladi va o’quvchilar tomonidan izohlanadi .
Maqollar quyidagilar :
Yozgi mehnat , qishki rohat
Hunaring bo’lsa qo’lingda , non topilar yo’lingda
Hunari borning davlati bor , hunari yo’qning hayoti xor
Hunar , hunardan rizqing unar
Mehnatdan kelsa boylik , turmush bo’lar chiroylik
Mehnat baxt keltirar
O’quvchilarga yangi mavzu bayoni bilan tanishtiriladi va ularga savollar beriladi .
Vatanimiz madhiyasi muallifi kim ?
O’quvchilar madhiyadan parcha aytishadi
Vatan haqida qaday she’rlar bilasiz ?
3 ta qator o’zlari yodlagan “ O’zbekiston ” she’rini aytishadi
Bu dunyoda chamanlar ko’p ,
Bu dunyoda vatanlar ko’p
Barchasida yashnar gullar
Barchasida yashnar dillar
Mening uchun aziz bo’ston
O’zbekiston o’zbekiston
Mavzu bayoni :
Shoir A. Oripov 1941 yilning 21martida Qashaqadaryo viloyati Koson tumanining Neko’z qishlog’ida tug’ilgan . A. Oripov 1958 yilda o’rta maktabni oltin medalbilan bitirib Toshkentga keladi va o’zbekiston milliy unerverstitutining Filologiya fakultetiga o’qishga kiradi . 1963 – yilda ushbu fakultetning jurnalistika bo’limini tamomlaydi va nashriyotlarda ishlaydi . Birinchi kitobi 1965 – yilda “ Mitti yulduz ” nomi bilan bosib chiqadi . Bu mitti kitobcha adabiyotimizga katta iste’dod kirib kelayotganini ma’lum qiladi . Yosh shoir she’rlaridagi hech kimnikiga o’xshamagan dard va ohanglar kutilmagan o’xshatish manzaralar dadil xulosalar birdan hammaning diqqatini o’ziga qaratib oladi . Unga o’z davrining eng mashhur adiblari masalan Abdulla Qahhor e’tibori bilan qaragan va salohiyatiga yuksak baho ergan edi . So’ng o’nlab kitoblari bosildi . Buyuk italyan shoiri Dantening “ Lohiy komediya ” asarining juda katta mahorat bilan o’zbek tiliga tarjima qildi . Amur Temur haqida “ Sohibqiron ” nomli drama yozdi . O’z asarlari bilan xalqimizning atoqli va ardoqli shoiriga aylandi . Ayni paytda , qanchadan qancha she’rlari xorijiy tillarga tarjima qilindi . Uni XX asr jahon adabiyotining ko’pgina vakillari tan oldilar .
Bugun Abdullar Oripov davrimizning eng mashhur ijodkorlaridan “ O’zbekiton REspublikasi Davlat Madhiyasi
Oripovning “ O’zbekiston ” qasidasi ona yurttarixining g’oyat ta’sirli va millat tarixi bilan esh holda tasvirlanganligi asar buyuk ajdodlarning ulug’lanishidagi samimiyat va iftixor , shoirning vatanini shunchaki tuproq emas , balki millatning taqdiri kechadigan maskan tarzida tasvirlanganligi haqidadir .
O’quvchilar A. Oripov ijodidan mustaqil ravishda yodlagan she’rlaridan parchalar aytishadi . “ Alisherning onasi ” , “ Mitti yulduz” , “ O’zbekiston qasidasi ” va boshqa hokozolar .
Darsda “ O’zbekiston “ qasidasi o’qiladi .
“ O’zbekiston ”
Yurtim senga she’r bitdim bu ku ,
Qiyosingni topmadim also
Shoirlar bor , o’z yurtin butun –
Olam aro atagan tanho .
Ular she’ri bitdi ko’p yiroq
Qanotida kumush diyori .
Bir o’lka bor dunyoda biroq ,
Bitilmagan dostondir bori .
Faqat ojiz qalamim manim ,
O’zbekiston , Vatanim manim .
Darsni mustahkamlash maqsadida tarqatma kartochkalari orqali
savol- javob mashqini o’tkazaman
O’zbekiston qachon mustaqil davlat deb e’lon qilindi ?
Mustaqillik nima ?
Davlatimiz ramzlarini ayting ?
A. Oripov qachon va qayerda tug’ilgan ?
A. Oripovning 1 – she’riy to’plamining nomini ayting ?
A. Oripov Dantening qaysi asarini o’zbek tiliga tarjima qilgan ?
A. Oripov A. Temur haqida qanday drama yozgan ?
A. Oripov “ O’zbekiston ” she’rida qanday mavzuni bayon etgan ?
A. Oripov qanday mukofotlar sovrindori bo’lgan ?
Uyga vazifa : A. Oripovning “ O’zbekiton ” she’ridan parcha
yodlash
Darsliklar
A. Oripov hayoti va ijodi “O’zbekiston” qasidasi mavzusida dars ishlanma