A. J. HAMRAYEV va boshq. Xirurgiya va

A. J. HAMRAYEV va boshq. Xirurgiya va

— Sen nodon, nima deb o‘ylaysan, tish sug‘urish oson ishmi? Qani o‘zing bir sug‘urib ko‘r-chi! Bu senga qo‘ng‘iroqxonaga chiqib, qo‘ng‘iroq chalish emas! (Masxara qilib). «Qo‘lingdan kelmaydi, bilmaysan!» emish. Xo‘p biladigan chiqib qoptimi! Voy sendaqa biladiganni qara-yu… Men Yegipetskiy janoblarini, ya’ni Aleksandr Ivanichning tishlarini sug‘urib olganman, o‘sha kishi ham lom-mim demaganlar… sendan o‘lsa o‘ligi ortiq, mo‘tabar odam, bilagimga biron marta bo‘lsin yopishganlari yo‘q… O‘tir! O‘tir deyman senga!

Anton Chexov. Xirurgiya (hikoya)

Zemstvo kasalxonasi. Doktor uylanish uchun ketgani sababli kasallarni qirq yoshlardagi baqaloq feldsher Kuryatin qabul qilmoqda. Uning ustida eskirib ketgan jujincha jaketka va yirtiq-yamoq triko shim. Yuzida o‘z vazifasiga sadoqat hamda dilkashlik alomati zohir. Chap qo‘lida, ko‘rsatkich barmog‘i bilan o‘rta barmog‘i orasida sigara, undan badbo‘y hid tarqaladi.

Qabulxonaga jigarrang jubba kiyib, ustidan keng charm kamar bog‘lagan, novcha norg‘il gavdali chol dyachok[1] Vonmiglasov kirib keladi. O‘ng ko‘ziga oq tushgan va u yarim yumuq, burni ustida ortig‘i bor, uzoqdan qaragan kishiga xuddi katta pashshaga o‘xshab ko‘rinadi. Dyachok bir pas ikona qayerda ekan, deb qaraydi. Uni topmagach, korbolka[2] solingan shishaga qarab cho‘qinib oladi-da, ta’zim bilan qizil ro‘molchasidagi nazir-niyozini feldsher oldiga qo‘yadi.

— A-a-a… Sihat-salomatlik tilaymiz! — deb esnaydi feldsher. — Xo‘sh, qanday xizmat?

— Iydingiz muborak bo‘lsin, Sergey Kuzmich… Sizning muruvvatingizni istab keldim… Men sizga aytsam, kechirasiz, psaltirda[3] «Neki ichmay ko‘z yoshim birla qo‘shilgay» deganlar. Boya kampirim bilan bir piyoladan choy ichaylik deb o‘tirdik, shu desangiz, voy xudoyo tavba-ey, bir qultumini ham yuta olmay qolsam bo‘ladimi, naq bir qultumginani-ya… Jonimni hovuchlab qoldim… Bir qultum yutay desam, jonim tovonimga keladi! Buning ustiga tishimning o‘zida ham bir balo bor-da, mana shu tomonim… Lo‘q-lo‘q etib, zirqiraydi. Qulog‘imgacha qaqshab og‘riydi, afv eting, nazarimda ichiga mixmi yo shunga o‘xshagan biron narsa kirib qolganga o‘xshaydi: shunday sanchadi, shunday sanchadiki, asti taraf yo‘q… Voy-voy-voy, buning azobini aytmaysizmi. Xudoyi taolaning oldida gunohkori azim bo‘ldim… Gunoh qilib, o‘z jonimga jafo etdim, negaki umrim yolqovlikda o‘tib ketyapti… Gunohimga yarasha bo‘lar, Sergey Kuzmich, gunohimga Liturgiyadan[4] chiqqanimizda iyerey[5] otaxonimiz: «Nima balo, tiling kalimaga kelmay qolipti, Yefim, duduqlanib, g‘o‘ldirab qolibsan, qiroatni joyiga qo‘yasan-u, lekin nima deyayotganingga sira tushunib bo‘lmaydi» deb koyib berdilar. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, og‘izni ocholmayman-u, qanday qilib qiroat bo‘lsin, yana buning ustiga hamma yog‘im shishib ketgan, afv etgaylar, tuni bilan mijja qoqqanim yo‘q.

— Hm, mayli… Qani o‘tiring-chi… Og‘zingizni oching…

Vonmiglasov o‘tiradi va og‘zini ochadi.

Kuryatin qovog‘ini solib, uning og‘ziga qaraydi hamda vaqt o‘tishi va tamaki iste’moli tufayli sarg‘ayib ketgan tishlari orasidan qurt yeb, qorayib qolgan bir tishga ko‘zi tushadi.

— Dyakon otaxonimiz tishingga araq bilan turup tulpini bosgin deb maslahat bergan edilar, bari bir, naf’i bo‘lmadi. Ilohim tani-jonlari sog‘ bo‘lgur, Glikeriya Anisimovna qo‘lingizga taqib yuring, deb Afon tog‘i[6] ipidan berdilar, yana u kishi, tishingizni hamisha issiq sut bilan chayib turing deb aytdilar. Men bo‘lsam, ipni taqib yurishga taqib yurdim-u, ammo sutga kelganda ochiq iqror bo‘lay, hech nima chiqmadi: ro‘za kezi edi — og‘zimga olgani xudodan qo‘rqdim…

— Xurofot… (Pauza)… Yefim Mixeich, uni olib tashlash kerak!

— O‘zingiz bilasiz, Sergey Kuzmich. Sug‘urib tashlaysizmi yo dori-darmon qilasizmi.. . Bu ishning ilmu hunari o‘zingizning qo‘lingizda. Boshqa yana biror chora qilaman desangiz, yana ixtiyor o‘zingizda… Sizni parvardigor ana shunaqa ishlarga, ya’ni avomga muruvvat ko‘rsatsin deb yaratgan-da, ilohim tani-joningiz sog‘ bo‘lsin, siz otaxonimning haqiga kechayu-kunduz, toki qabrga kirguncha duo qilgaymiz…

— Hech gap emas… — deb kamtarlik bilan javob qiladi feldsher va shkaf oldiga kelib, asboblarni kavlashtiradi. — Xirurgiya qiyin gap emas o‘zi… Bir zumlik ish… Tunov kuni xuddi sizga o‘xshab kasalxonaga pomeshchik Aleksandr Ivanich Yegipetskiy kelib qoldilar… U kishining ham tishlari og‘rib qopti… O‘zi ko‘p o‘qimishli odam, hamma narsaning baland-pastiga tushunadigan, har bir ishga qiziqadigan va uni qanday, qanaqaligini surishtirib ko‘radiganlardan… Kishi bilan ism shariflarini aytib, qo‘l qisib ko‘rishadilar… Peterburgda yetti yilcha istiqomat qilganlar. U kishi bilmagan va uchramagan professor qolmagan desa bo‘ladi… Biz u kishi bilan bu yerda ancha vaqt hamsuhbat bo‘lib o‘tirdik… Shu desangiz, jonini jabborga berib yalindi, Sergey Kuzmich, xudo haqi ana shu tishimni sug‘urib tashlang! — dedi. Nega endi sug‘urib tashlamas ekanman? Shunga ham ota go‘ri qozixonami… Faqat gap shundaki, ishning ko‘zini bilish lozim, busiz mumkin emas… Tishlar har xil bo‘ladi. Ba’zi bir tishlar bo‘ladiki, uni ombir bilan, boshqasini esa echki tuyoq qisqich bilan, yana boshqa birini maxsus ombir bilan sug‘urib olish kerak… Har kimning tishiga qarab ish tutiladi-da…

Feldsher shunday deb echki tuyoq qisqichni qo‘liga oladi va unga bir on hayron bo‘lib, tikilib turadi-da, so‘ngra uni o‘z joyiga qo‘yib, qo‘liga ombirni oladi.

— Xo‘sh, qani og‘zingizni katta oching-chi… — deydi u, ombirni ushlaganicha dyachok yoniga kelib. — Biz uni bir nafasda… Haligiday. Bizga cho‘t emas… faqat milkni kesish lozim bo‘ladi… Ha, tikkasiga qarab traktsiya qilish zarur… Shu bilan vassalom… (milkni kesa boshlaydi) mana bo‘ldi qo‘ydi…

— Ilohim qo‘lingiz dard ko‘rmasin, otaxonim… Biz, ahmoqlarga yo‘l bo‘lsin, sizga bo‘lsa xudoyimning o‘zi ma’rifat ato qilgan…

— Og‘iz ochiq paytda gap sotmang… Uni olib tashlash cho‘t emas, shunaqasi ham bo‘ladiki, nuqul ildizini sug‘urish lozim… Sizniki bo‘lsa hash-pash deguncha bitadigan narsa… (ombir soladi). To‘xtang, jim o‘tiring… Qimirlamang deyman sizga… Ko‘z ochib-yumguncha bitadi… (Traktsiya qiladi). Hamma gap uni chuqurrog‘idan ushlab olishda… (Torta boshlaydi)… Shunday qilganda koronkasi sinmaydi…

— O, padarginam… Aziz avliyolar… Vvv…

— Undaymas… undaymas… Haligi nima edi? Qo‘lingiz bilan menga yopishmang! Tushiring qo‘lingizni! (Yana tortadi)… Hozir… mana, mana… Axir o‘ziyam oson ish emas-da bu…

— Otaxonim… Azizlarim… (Baqiradi) Yo farishtalar! Voy, voy… Sug‘ur tezroq, tort deyman axir! Muncha cho‘zasan.

— Bu shunaqa o‘zi… Xirurgiya deyiladi… Shartta bitirib bo‘lmaydi… Mana, mana hozir…

Vonmiglasov tizzalarini tirsagiga qadar ko‘taradi, barmoklarini qimirlatadi, ko‘zlarini chaqchaytirib, entika-entika nafas oladi… Uning shalg‘omdek qizarib ketgan yuzida ter paydo bo‘ladi, ko‘ziga yosh to‘ladi. Kuryatin bo‘lsa zo‘r berib pishillaydi, dyachok oldida depsinib yurib, ombirni tortadi… Ko‘zga dunyoni tor qilgan yarim minutlik seriztirob fursat o‘tadi — ombir tishdan chiqib ketadi. Dyachok irg‘ib o‘rnidan turadi-da, barmog‘ini og‘ziga tiqadi. U, eski tishi o‘z joyida turganini sezadi.

— Muncha cho‘zmasang! — deydi u yig‘lamsiragan va ayni vaqtda masxara qilgan ohangda. — Ilohim seni ham narigi dunyoda shunday qiynashsin! Xizmatlariga tasanno-ey! Hamonki sug‘urib tashlashni bilmas ekansan, qo‘l urib nima qilarding! Yuragim orqamga tortib, ko‘z oldim qorong‘ilashib ketdi-ya…

— Nega bo‘lmasa, o‘zing qo‘llarimga tirmashib olding? — Jahl bilan deydi feldsher. — Men tish sug‘uryapman-u, sen bo‘lsang bilagimga yopishasan, buning ustiga, qayoqdagi bema’ni, bo‘lmag‘ur gaplarni qilasan… Ahmoq!

— Sening o‘zing ahmoq!

— Sen nodon, nima deb o‘ylaysan, tish sug‘urish oson ishmi? Qani o‘zing bir sug‘urib ko‘r-chi! Bu senga qo‘ng‘iroqxonaga chiqib, qo‘ng‘iroq chalish emas! (Masxara qilib). «Qo‘lingdan kelmaydi, bilmaysan!» emish. Xo‘p biladigan chiqib qoptimi! Voy sendaqa biladiganni qara-yu… Men Yegipetskiy janoblarini, ya’ni Aleksandr Ivanichning tishlarini sug‘urib olganman, o‘sha kishi ham lom-mim demaganlar… sendan o‘lsa o‘ligi ortiq, mo‘tabar odam, bilagimga biron marta bo‘lsin yopishganlari yo‘q… O‘tir! O‘tir deyman senga!

— Ko‘zim tinib ketdi, hech baloni ko‘rmayapman.. To‘xta, sal nafasimni rostlab olay… Oh! (O‘tiradi). Uzoq tortib, jonimni olma, shartta sug‘ur qo‘y. Bildingmi, tortmagin, shartta sug‘ur… Sug‘urib ol-da!

— Biladiganga o‘rgatishga balo bormi. Voy xudo-ey, qanday nodon xalq-a! Bunaqalarning orasida yashasang… Jinni bo‘lib ketasan! Og‘zingni kattaroq och… (Og‘ziga ombir soladi). Og‘ayni-chi, xirurgiya senga hazil emas… O‘z holingcha, bu ham mehrobda ibodat qilishga o‘xshagan narsa deb yurgan bo‘lsang kerak-da… (Traktsiya qiladi). Yulqima… Ko‘ryapsanmi, tishing qimirlab turipti, chirib qolgan, tomiri ham ancha chuqur ko‘rinadi… (Ombirni tortadi). Qimirlama… Shunday… Ha, ha, shunday… Qimir etma deyman senga… Qani, xo‘p… (Tishning qisirlagani eshitiladi) O‘zim ham xuddi shunday bo‘ladi devdim-a!

Vonmiglasov bir nafas, xuddi es-hushini yo‘qotib qo‘ygandek qimir etmay o‘tiradi. U hangumang bo‘lib qolgan… Lo‘q ko‘zlarini bezraytirib, atrof-tevarakka befarq nazar bilan boqadi, bo‘zdek oqarib ketgan yuzidan tinmay ter quyiladi.

— Asli bilmabman, haligi echki tuyoq qisqichni solsam bo‘larkan, — o‘zicha ming‘irlaydi feldsher. — G‘alati ish-da!

Dyachok o‘ziga kelib, es-hushini yig‘ishtirib olgach, ogziga barmog‘ini suqib, og‘riq tish o‘rnida ikkita so‘ppayib turgan qirrani paypaslaydi.

— Voy uying kuygur, muttaham-ey… — koyinib deydi u, — sen ablahlarni bu yerga bizning qonimizni so‘rish uchun qo‘yishgan ekan-da!

— Muncha kekirdagini cho‘zadi bu… — shkafga ombirlarni solar ekan, o‘zicha do‘ng‘illaydi feldsher, — nodon odam… Bursada[7] o‘qib yurganingda seni juda kam kaltaklashganga o‘xshaydi… Aleksandr Ivanich, janob Yegipetskiy Peterburgda yetti yil istiqomat qilganlar… Qanday o‘qimishli, donishmand odam… Ustlaridagi birgina kostyumlarining o‘zi yuz so‘lkovoy turadi… Ana o‘sha kishi ham bir og‘iz yomon gapirganlari yo‘q… Sen kim bo‘psan? Senga jin ham urmaydi, harom o‘lmaysan!

Dyachok stol ustida turgan o‘z nazirini oladi-da, kafti bilan jag‘ini ushlaganicha uyiga qarab jo‘nab qoladi.

S. Abduqahhorov tarjimasi

[1] Dyachok — pravoslav cherkovida eng quyi darajadagi ruhoniy.

[2] Korbolka — meditsinada dezinfektsiya uchun ishlatiladigan dori.

[3] Psaltir — diniy oyatlar to‘plami.

[4] Liturgiya — pravoslav cherkovida eng katta ibodat.

[6] Afon tog‘i — xristian dinida ziyoratgoh joy.

[7] Bursa — diniy maktab.

A.J. HAMRAYEV va boshq. Xirurgiya va

A.J. HAMRAYEV va boshq. Xirurgiya va
reanimatsiya asoslari.
Tibbiyot kollejlari uchun
darslik (Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 4-nashri)
Ò.: «ILM ZIYO», 2017. — 344 b.
UO‘K: 617-089 (075)
KBK 54.5
ISBN 978-9943-16-182-5
ABDURASHID JO‘RAQULOVICH HAMRAYEV,
ANVAR VALIYEVICH ALIMOV,
ÒAL’AÒ SAYDOLIMOVICH A’ZAMXO‘JAYEV
XIRURGIYA VA REANIMATSIYA ASOSLARI
Òibbiyot kollejlari uchun darslik
Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 4-nashri
Òoshkent — «ILM ZIYO» — 2017
Muharrir
B. Hudoyorova
Badiiy muharrir
M. Burxonov
Òexnik muharrir
F. Samatov
Musahhih
B. Saidova
Noshirlik litsenziyasi AI ¹ 275, 15.07.2015-y.
2017-yil 23-oktabrda chop etishga ruxsat berildi. Bichimi 60×90
1
/
16
.
«Òayms» harfida terilib, ofset usulida chop etildi. Bosma tabog‘i 21,5.
Nashr tabog‘i 19,5. 744 nusxa. Buyurtma ¹ 32.
«ILM ZIYO» nashriyot uyi. 100129, Òoshkent, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
Shartnoma 28—17.
«PAPER MAX» xususiy korxonasida chop etildi.
Òoshkent, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

Do’stlaringiz bilan baham:

Qiziqarli malumotlar
A. J. HAMRAYEV va boshq. Xirurgiya va