AʼZAMXOʻJAYEV Anvar Aʼzamovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AʼZAMXOʻJAYEV Anvar Aʼzamovich haqida malumot bilib oling.

AʼZAMXOʻJAYEV Anvar Aʼzamovich (1928.17.2-Toshkent – 1994.19.6) — huquqshunos olim. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1968). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978). Yuri-dik fanlari d-ri (1964), prof. (1966). Toshkent yuridik in-tini tugatgan (1949). Shu in-tda katta oʻqituvchi, dotsent (1952—55). ToshDU prorektori vazifasini ijro etuvchi (1964—65), yuridik f-ti dekani (1971—85), Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining boshqarma boshligʻi (1965—66), vazir oʻrinbosari (1966—70), Oʻzbekiston Adliya vazi-rining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston FA Prezidiumi aʼzosi hamda akad. kotibi (1970—71). Toshkent davlat yuridik in-ti rektori (1991—93). OʻzR Inson huquqlari boʻyicha milliy qoʻmita raisi (1993—94).

Aʼzamxoʻjayev oʻzbek huquqshunoslik fanining tashkilotchilaridan biri sifatida uning ravnaqiga, yuqori malakali yurist-olimlar, amaliyotchi mutaxassislar tayyorlash ishiga hissa qoʻshdi. Davlat huquqi, milliy davlat qurilishi nazariyasi va tarixi, konstitutsiyaviy hamda maʼmuriy huquq sohalarida tadqiqotlar olib bordi. U huquqshunoslik va adliya masalalari boʻyicha bir qancha darslik va oʻquv-metodik asarlar muallifi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).

As: Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining huquqiy asoslari, T., 1993.

Ensiklopediya.uz
AʼZAMXOʻJAYEV Anvar Aʼzamovich