AʼMAQ BUXORIY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AʼMAQ BUXORIY haqida malumot bilib oling.

AʼMAQ BUXORIY (taxallusi; asl ismi Abu Najib Shahobiddin) (? — Buxoro — 1148) — shoir. Buxoro va Samarqandda tahsil koʻrgan. Qoraxoniylar capoyida xizmat qilgan. Arab va fors tillarida ijod etgan. Amir ush-shuaro (shoirlar amiri) unvoniga sazovor boʻlgan. Sheʼrlar devoni saqlanmagan. 37 qasidasidan parchalar va 7 ruboiysi turli majmua va tazkiralar orqali yetib kelgan. Qasidalarida Adib Sobir Termiziy va Masʼud Saʼd Salmon ijodiga yuqori baho bergan. Aʼmaq buxoriy marsiya ustasi boʻlgan. Oʻzining «Yusuf va Zulayho» dostonini 2 vaznda oʻqiladigan qilib yozgan.

Ensiklopediya.uz
AʼMAQ BUXORIY