Insult kasalligi belgilari to’liq malumot oling
♿️Insult kasalligi belgilari♿️
🚷Sezgining to‘satdan buzilishi: yuz, qo‘l va oyoqlarda xususan tananing yarmida uvishish va kamquvvatlik paydo bo‘lishi.
🔕To‘satdan tildan qolish yoki so‘zlarni aytish yo tushunishda, matnni o‘qishda qiynalish.
🥸Bir yoki ikki ko‘zning keskin yomon ko‘ra boshlashi.
🚷Birdaniga harakat mo‘ljalining buzilishi (chayqalib yurish), keskin bosh aylanishi.
🤯O‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan, anglab bo‘lmaydigan bosh og‘rig‘i, qusish.
🧠Gemorragik insult belgilar: Gemorragik insultda bemor qusadi, yuzi qizaradi, uyquchan bo‘ladi, ensa mushaklarida spazm ro‘y beradi, ko‘z to‘r pardasiga qon quyiladi, kasallik birdan boshlanib, avj oladi. Ishemik insultda o‘tkinchi, miya qon aylanishining buzilishi nuqsonlari bir necha oy, yil oldin paydo bo‘ladi. Ular insult belgilariga o‘xshaydi, biroq bir necha daqiqada, kamdan-kam hollarda bir necha soat mobaynida (24 soatgacha) davom etishi bilan farq qiladi. Ko‘pincha bu simptomlar tezda o‘tib ketadi va miya faoliyati tezda tiklanadi
🧠Ishemik insultning belgilari:
Qo‘l va oyoqlarda o‘tkinchi zaifligi “ertalabki garangsirash” ko‘rinishida, xuddi oyoq-qo‘llar uvishib qolgandek namoyon bo‘ladi.Qisqa vaqtga tildan qolish yoki xotirani yo‘qotish holatlari yuz beradi.Bosh aylanadi, ong zaiflashib, ko‘z ko‘rmay qolishi yoki narsalar ko‘zga qo‘shaloq bo‘lib ko‘rina boshlaydi.Yurganda gavda chayqalib ketishi, oyoqni sudrab bosishi mumkin.
👨⚕️Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?Imkon qadar 50-60 yoshli kishilar vaqti-vaqti bilan vrach ko‘rigidan o‘tishi lozim. Insult alomatlari namoyon bo‘lganda tekshirish uchun zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Bordi-yu, rostdan ham insult huruj qilgan bo‘lsa, zudlik bilan bemorni shifoxonaga yetqazish lozim. Chunki miya ishemiyasi va qon quyilishi oqibatlarini faqat dastlabki soatlardagina to‘xtatib, bemorni saqlab qolish mumkin.
@Doridarmonlar
Kasalliklar
Insult kasalligi belgilari