O‘zbekistonda ilk marta yadro bombasidan qanday maqsadda foydalanilgan? to’liq malumot oling

O‘zbekistonda ilk marta yadro bombasidan qanday maqsadda foydalanilgan? to’liq malumot oling

Oʻtgan maqolalarimizda yadro quroli nimaligi va tarixdagi eng kuchli portlashlar haqida yozgan edik. Sobiq Sovet ittifoqi davrida Oʻzbekistonda Xirosimaga tashlangan bombadan ikki barobar kuchliroq yadro bombasi portlatilganidan xabaringiz bormi? Keling, ushbu maqolada aynan shu mavzuni oʻrganib chiqamiz.

Oʻrtabuloq neft-gaz kondensat koni 1961-yilda Buxorodan 90 kilometr janubroqda, Turkmaniston bilan chegara yaqinidan topilgan. Yaqin atrofda shoʻr koʻllar mavjud, hudud asosan chorva boqish uchun ishlatilgan. U oʻsha hududdagi eng katta gaz konlaridan biri hisoblangan.

O‘zbekistonda ilk marta yadro bombasidan qanday maqsadda foydalanilgan?

Oʻrtabuloq neft-gaz kondensat koni Oʻzbekiston xaritasida / wikipedia.org
Yongʻin

Kon aniqlanganidan soʻng, unda burgʻilash ishlari boshlab yuboriladi. 1963-yilda burgʻilash ishlari 2 400 metrga yetib, tarkibida oltingugurt miqdori juda yuqori boʻlgan gaz zaxirasi topiladi. Ushbu chuqurlikda bosim 270–300 atmosfera atrofida boʻladi.

Bunday sharoitda yuqori atmosfera bosimiga chidamli, maxsus poʻlatdan tayyorlangan burgʻilash uskunasi ishlatilishi kerak edi. Biroq ishchilar xatolikka yoʻl qoʻyadi va maxsus burgʻilash uskunasidan foydalanishmaydi.

Oqibatda oddiy burgʻilash uskunasi yuqori atmosfera bosimiga bardosh berolmaydi. 1963-yil 1-dekabr kuni uzilib tushib, erib ketadi va juda kuchli gaz toʻlqini yuzaga otilib chiqadi. Kuchli toʻlqin burgʻilash uskunasining yer sathida turgan qismi va uni ushlab turgan metall konstruksiyani uzib yuboradi.

ozbekistonda ilk marta yadro bombasidan qanday maqsadda foydalanilgan 2

Otilib chiqqan va alanga olgan gaz fontani / hujjatli filmdan lavha

Ayrim maʼlumotlarga koʻra, gaz oʻz-oʻzidan yonib ketadi. Boshqa manbalarning taʼkidlashicha esa tirik organizmlarni oltingugurt vodorodi qirib yubormasligi uchun ham unga atayin oʻt qoʻyiladi.

Mavzuga doir: Tarixdagi kuchli 5 ta portlash

Boshqa mavzular
O‘zbekistonda ilk marta yadro bombasidan qanday maqsadda foydalanilgan?