Oʻquv kurslarni tanlashda nimalarga eʼtibor qaratish kerak? to’liq malumot oling
Oʻquv kurslarni tanlashda nimalarga eʼtibor qaratish kerak?
Meni fikrimcha kurslar 3 xil boʻladi; yomon, yaxshi, va zoʻr.
1) Yomon kurslar. Oʻzi mutaxassis boʻlmay turib, oʻzini PRO deb eʼlon qilib, boshqalarga oʻrgatishni boshlab yuborgan “mutaxassislar” tomonidan oʻqitiladi. Kurs arzon boʻladi. Kurs oʻqitayotgan inson katta ish tajribasiga ega boʻlmaydi. Ortiqcha koʻp vaʼdalar beriladi. Afsuski, bunaqa kurslar juda koʻp.
2) Yaxshi kurslar. Yaxshi va tajribali mutaxassislar tomonidan oʻqitiladi. Ammo sertifikatgacha oʻqitiladi. U yogʻiga ish topish oʻzingizga. Kurs davomida ish topish uchun maslahatlar berilmaydi. Yaxshi oʻqitadi, sertifikat beradi, boʻldi. Bunday kurslar ham koʻp.
3) Zoʻr kurslar. Kuchli mutaxassislar tomonidan oʻqitiladi. Ish topishga ham koʻmaklashadi, ish topish yoʻl-yoʻriqlari va sirlarini ham oʻrgatadi. Ishda 1-oylikkacha sizni yolgʻizlatib qoʻymaydi, ishga koʻnikib ketishingizga yordamlashadi. Narx sal balandroq boʻladi. Hammani ham olavermaydi. Bunday kurslar kam.
👉 @ITStarsUz
Boshqa mavzular
Oʻquv kurslarni tanlashda nimalarga eʼtibor qaratish kerak?