PIKOVIT sirop to’liq malumot oling

PIKOVIT sirop to’liq malumot oling

Pikovit sirop
#Пиковит сироп
💊DORI SHAKLI 👇

sirop — 150 ml hajmda chiqadi.

💊TARKIBI 👇

Vitaminkompleks vosita. Tarkibini tepadagi ☝rasmda ko’rasiz .

💊TA’SIRIGA KO’RA 👇

Vitaminlar. Polivitaminlar.

💊QO’LLANILISHI 👇

— Pikovit siropi profilaktik vosita sifatida bolalar uchun moʻljallangan boʻlib , vitamin organizmda yetishmovchiligida qabul qilinadi.

— Ishtaha boʻlmaganda yosh bolalarga buyuriladi.

— Organizmni infeksion va shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun.

— Oʻ’tkazilgan kasalliklardan keyingi tuzalish davrida buyuriladi.

— Jismoniy rivojlanish yetarli boʻlmaganda , oʻsishni orqada qolishida buyuriladi.

— Kundalik ovqat tarkibida vitamin preparati sifatida, ayniqsa qishki va bahorgi davrlarda buyuriladi.

— Maktab yoshidagi bolalarda yuqori jismoniy va nerv-psixik yuklamalarda buyiriladi.

— Antibiotiklar qoʻllanganda majmuaviy davolashda qoʻllaniladi

💊QO’LLASH USULI VA DOZASI 👇

Pikovit sirop ichga qabul qilinadi.

1 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalar: 1 choy qoshiqdan (5 ml) sutkada 2-marta buyuriladi.

4 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar: 1 choy qoshiqdan (5 ml) sirop sutkada 3-marta buyuriladi.

7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar: 1 choy qoshiqdan (5 ml) sirop sutkada 3-marta buyuriladi, maksimal – sutkada 4-marta.

Siropni qoshiqchada yoki choy, sharbat yoki meva pyuresi bilan aralashtirib berish mumkin. Tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirish mumkin emas.

Ishtaha boʻlmaganda siropni har kuni 1 oy davomida berish kerak.

Takroriy qabul qilish kursi 1-3 oydan keyin oʻtkaziladi.

🚫NOJO’YA TA’SIRI 👇

Diareya , bosh og’rig’i va terida toshmalar kuzatilishi mumkin.

❌QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR 👇

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bolganda.

— Qandli diabetda qoʻllash mumkin emas

— A va D vitamini organizmda ko’p bo’lganida mumkin emas.

🔰ADMIN MASLAHATI 👇

Dorixonadan pikovitni olganingizda ustida necha yoshdan qabul qilish mumkinligi raqam bilan ko’rsatilgan bo’ladi. Masalan +1 degani 1 yoshdan boshlab qabul qilinadi degani.

💉Qo’llash — retseptsiz

💉Ishlab chiqaruvchi — Sloveniya

@FARMAKOLOGIYA_TTA

@KANAL_MUNDARIJASI

,, ТАБЛЕТКА » kanali

Dorixona
PIKOVIT sirop