NATRIY OKSIBAT ampulasi to’liq malumot oling

NATRIY OKSIBAT ampulasi to’liq malumot oling

Natriy oksibat ampulasi
#Натрий оксибат ампуласи
?DORI SHAKLI ?

Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma .

?TARKIBI ?

Natriy oksibutirati moddasi hisoblanadi.

?TA’SIRIGA KO’RA ?

Noingalyatsion umumiy anesteziya uchun vosita.

?QO’LLANILISHI ?

— Sedativ , uxlatuvchi , og’riq qoldiruvchi va antigipoksik ta’sirga ega.

— Yurak mushak qavatining qisqaruvchanlik qobiliyatini oshiradi va mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi.

— Qon ketish xolatlarida buyrak faoliyatini yaxshilaydi .

— Tirishishga qarshi faollikka ega , chunki mushaklarni bo’shatuvchi ta’sirga ega.

— Organizmga kislorod yetishmovchiligi kabi xolatlarda , chidamlilikni oshiradi.

— Kam jaroxatli operatsiyalarda noingalyatsion narkozda foydalaniladi.

— Tug’ruqlarni ( ayniqsa patologik ) og’riqsizlantirish uchun .

— Sedativ va uxlatuvchi ta’sir maqsadida shokka qarshi vosita sifatida.

— Kirish va bazis anesteziyada qo’llaniladi.

— Yurakdagi operatsiyalarda qo’llaniladi.

?QO’LLASH USULI VA DOZASI ?

Vena ichiga va mushak ichiga yuborish mumkin.

Preparatni yuborgandan keyin

5 — 7 minutdan keyin bemor uyquga ketadi. Uyquning davomiyligi 1,5 soatdan 3 soatgacha davom etadi.

Faqatgina shifokor qo’llaydi. Bu vosita dorixonada sotilmaydi. Shu sabab dozasini yozmadim.

?NOJO’YA TA’SIRI ?

— Xarakat qo’zg’alishlari va qo’l oyoq mushaklari tirishib tortishishi.

— Narkozdan chiqarilganda nutq va harakatning buzilishi.

— Gipokaliyemiya, ya’ni kaliyning organizmda kamayib ketishi.

— Ko’ngil aynish va qusish ( yuqori dozada ).

❌QO’LLASH MUMKIN EMAS ?

— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda.

— Qon bosimi baland bo’lganda .

— Yuqori qon bosim bilan kechuvchi xomiladorlikning og’ir toksikozlarida mumkin emas .

— Miasteniyada mumkin emas.

?ADMIN MASLAHATI ?

?Ushbu preparatni faqatgina anesteziolog shifokorlar qo’llashi mumkin. Boshqa holatlarda esa qo’llash mumkin emas ( esda saqlang ).

?Anesteziolog bo’laman deganlar diqqatiga preparatdan foydalanishda dozani oshirib yuborsangiz yoki normada qo’llab turib uzoq muddat davolansa organizmda kaliy moddasi kamayib ketishi kuzatiladi. Shu sabab bu preparatni uzoq muddat va ortiqcha dozada bemorga qo’llagan vaqtingizda qo’shimcha qilib kaliy ionlari saqlagan vositalarni ham qo’llang.

?Yana bir ma’lumot narkoz berayotganingizda dozani oshirib yuborsangiz yoki bemorning yoshiga va tana vaznini xisobga olib doza belgilamasangiz nafas to’xtashi kabi nojo’ya ta’sir kuzatilishi mumkin.

?Tug’ruq komplekslarida ham bu preparatdan narkoz dori vositasi sifatida qo’llaniladi.

?Preparatni yuborishda sekin yuborish kerak ( esda saqlang ).

?QO’SHIMCHA MA’LUMOT ?

QO’SHIMCHA SIFATIDA AYTIB O’TAMAN. NARKOZ VOSITALARI ICHIDA BU VOSITA MILLIGRAMMDA EMAS GRAMMDA HISOBLANADI. BUNDA 5 ML AMPULALI 1 AMPULA NATRIY OKSIBAT 1 GRAMM HISOBLANADI. 10 ML AMPULALI NATRIY OKSIBAT ESA 2 GRAMM XISOBLANADI. BU VOSITALARNI QISQA QILIB FARMATSEFTIKADA GOMK DEYDI . PREPARAT 5 ML VA 10 ML AMPULALARDA CHIQADI.

?Qo’llash — retsept bilan ( faqatgina anesteziologlar yoki shifokor qo’llaydi ).

?Ishlab chiqaruvchi — Rossiya

@FARMAKOLOGIYA_TTA

@KANAL_MUNDARIJASI

,,ТАБЛЕТКА » kanali

Dorixona
NATRIY OKSIBAT ampulasi