«Navro`z» bayramini o`tkazish ssenariysi to’liq malumot oling
«Navro`z» bayramini o`tkazish ssenariysi
Mundarija
скрыть
Dasturxonlar to`shalgan stol usti gul va bahorning tansiq taomlari bilan bezatiladi (Sumalak, ko`k somsa, chuchvaralar, xar-hil o`zbek milliy taomlari).
Bahor faslini madh etuvchi kuy jarangdor sado berib turadi.
1-Boshlovchi: Ona yurtim bag`ring to`lib ol nafas.
Xar chexrada barq urmoqda istiqlol.
Turkistonim istiqboldan ber darak.
Bugungi bayramingiz ko`ngilli o`tsin.
Erk nasimi elaversin gurkirab.
Dala-tuzing chechaklarga burkansin.
Alp o`g`loning tuprog`ingga bosh urib.
Maysalardan birlashmoqni o`rgansin.
Ana endi sahnaga 9-sinf oquvchilarning taklif qilamiz. Ular ishtirokida QVZ shousini birgalikda tomosha qilamiz.
2 Boshlovchi:
To`lg`ondi yer, yengil to`lg`ondi.
Bo`sh tuproq bag`rini yorib.
Nozik yashil maysa uyg`ondi.
To`lg`ondi yer, yengil to`lg`ondi.
Bahor uyg`ondi…
– Ha bahor uyg`ondi. Bahor bilan birga odamlar qalbida shijoat uyg`ondi.
Xumatli mehmonlar sizlarni bayram bilan tabriklash uchun. Maktabimizning 5-B sinf o`quvchilari ijrosida “Sumalak” qo`shig`ini tinglaymiz.
Xumatli mehmonlar sizlarni bayram bilan tabriklash uchun. Maktabimizning 5-B sinf o`quvchilari Andijon polkasi raqsi.
Endi sahnaga 5- sinf o`quvchilari ijrosida “sehrli dunyo” qo`shig`ini tinglaymiz.
1 Boshlovchi: O`ynamoq, kuylamoq kerak
Bog` aro yurmoq kerak.
Lolalar termoq kerak
Gashtini surmoq kerak.
Maktabimizning 8-A Sinf o`quvchilari tomonidan,Bayram tabrigi sifatida ajoyib raqs tomosha qilsak .( Bog`chalarda)
2-Boshlovchi:Lolalar alvon-alvon,
Sumalak berar darmon
Sumalak yetmay qolgan,
Bir umr qilar armon.
Maktabimizning 8-A Sinf o`quvchilari tomonidan,Bayram tabrigi sifatida ajoyib raqs tomosha qilsak. (Faridam va Habibi)
1 Boshlovchi: Bilasizmi? «Sumalak» ne degani? «Sumalak» aslida «Sumalak» o`ttiz farishta degani. Sumalak pishayotganda qozon boshida o`ttiz malak o`tiradi. Oshpaz emas o`shalar, pari-yu farishtalar pishiradi. Tong maxali hamma charchab uxlab qolganda farishtalar sumalakga tuz soladilar. Farishtalar qo`lidan tuz yegan sumalak shirin bo`ladi. Ha do`stlar, sumalak – qutlug’ osh, uni yegan savob topadi.
2-Boshlovchi Afsona shunday talqin topgan.
Boshlovchi:
Dimoqqa yalpizlar nafasi urar,
Yurakda muattar chechaklar
Osmonda boshuraziz mehmonim
– Ha, ne-ne davrlar o`tdi boshingdan, O`zbekistonim. Ne-ne zamonlar o`tdi. Ne-
Boshlovchi:
Turnalar yurtinga qaytgani kabi
Bag`ringa qaytmoqda alyor baytlaring
Moviydan xayolchang ko`rinish berar
Ming shukur tabarruk ulug` zotlari
Buyuk daxolarni bergan bo`stonim
Yangi yiling qutlug`, O`zbekistonim…
– Bu faslda odamlar to`da-to`da bo`lib sayrlarga chiqishadi. Bir – birlarini bahor bilan qutlashadi. Bir – birlariga faqat yaxshilik ulashadi. Gullar ulashadi, birga kuylashadi. Odamlar bir-birlariga faqat baxt tilab kuylagan bunday paytda olam sevinchga to`lib ketadi.
Shundan so`ng qiziqarli savol-javob o`yinlari boshlanadi.
Boshlovchi: Maysalarning yashil tug`yoni dilda
Qalblarda nish urgan orzular go`zal
Yurtim tuprog`ingga kirib kelmoqda
O`zliging muborak, O`zbekistonim
Yomon yurmasin, to`zon turmasin.
Gullar so`lmasin, inson o`lmasin.
Hammasin, hammasin osmon asrasin
Dushman hammasin bolalar sasin
Sovuq nafasin olov yamlasin.
30.qarshishxtb.uz
Darsliklar
«Navro`z» bayramini o`tkazish ssenariysi