Sichqondan cho‘chigan sher to’liq malumot oling
Uxlab yotgan Sherning basharasidan bir sichqon pildirab o‘tib ketadi. Sher sakrab turib ketib, kim yuzimga tegdi, degandek atrofga alanglab qaraydi. Buni ko‘rgan tulki: «Seni qara-yu, kimsan Sher bo‘laturib sichqondan qo‘rqib ketding-a!» — deb Sherni mazax qiladi, «Yo‘q, men sichqondan qo‘rqqanim yo‘q, — deb javob qiladi Sher, — balki uning surbetligi g‘azabimni qaynatdi».
Bu masal, aqlli odamlar hatto ikir-chikir narsalarga ham befarq qaramaydilar, demoqchi.
Ezop masallari, Masallar
Ertaklar
Sichqondan cho‘chigan sher