Qanday qilib ma’lumotlarni va so’zlarni tez yodlash mumkin? haqida to’liq ma’lumot oling
Qanday qilib ma’lumotlarni va so’zlarni tez yodlash mumkin?
1. Yodlamoqchi bo’lgan har qanday ma’lumot va so’zlarni tartib bilan yodlashga harakat qiling.
2. Yodlayotgan ma’lumotlaringizni alohida daftar tutib, yozayotgan so’zlaringizni bir necha marta ovoz chiqarib aytib turing.
3. Yodlagan so’zlaringizni doim qaytarib, aytib yuring. Esingizda turishi uchun vaqti-vaqti bilan biror-bir daftarga yozib qo’ying.
4. Avvaldan o’rganib yurgan so’zlaringizni ovoz chiqarib, yozib va so’zlarga oid rasmlar chizib turing. O’zingiz uchun turli xil metodlar ishlab chiqing.
5. Har bir aytilayotgan so’zlarning ma’nosiga, aytilishiga va ishlatilishiga e’tibor bering. Xato aytayotgan so’zlaringizni to’g’ri aytishga harakat qiling.
6. Yodlayotgan so’z va ma’lumotlaringizni iloji boricha ko’proq va tezroq amaliyotda qo’llashga harakat qiling. Bu esa yodlashda yana bir ko’makchi bo’ladi.
Malumotlar
Qanday qilib ma’lumotlarni va so’zlarni tez yodlash mumkin?