G‘alati tuxum to’liq malumot oling

G‘alati tuxum to’liq malumot oling

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir kampir bilan chol yashagan ekan. Ularning bir chipor tovuqchasi bor ekan. Bir kuni chipor tovuqcha pol tagiga tuxum qo‘yibdi. Tuxum ola-bula, uchli, suyakli, juda g‘alati ekan. Chol tuxumni uribdi-uribdi ammo sindira olmabdi. Kampir ham tuxumni uribdi-uribdi, hyech sindira olmabdi. Shu payt kichkinagina sichqoncha o‘tib ketayotib, dumi tegib tuxumni sindirib yuboribdi.
Chol yig‘layapti, kampir yig‘layapti, tovuqcha kukulayapti, darvoza taqillayapti, hovlida mayda tarashalar uchib yotibdi, kulbaning tomi qimirlayapti. Shunda qishloqdagi rohibning qizlari suvga o‘tib ketayotib, chol va kampirdan so‘rabdi:
– Nima uchun yig‘layapsizlar?
– Qanday qilib yig‘lamasligimiz mumkin! – deb javob beribdi chol bilan kampir.
Bizning chipor tovuqchamiz bor, u pol tagiga ola-bula, uchli, suyakli, g‘alati tuxum qo‘ydi. Chol urdi sinmadi, kampir urdi sinmadi, sichqoncha o‘tib ketayotib dumi bilan tegib ketib, ezib yubordi.
Buni rohibning qizlari eshitiboq, qattiq qayg‘urib, chelaklarini otib yuboribdilar. Obkashni esa sindirib tashlab, uylariga quruq qo‘l bilan qaytib ketishibdi.
– Voy, onajon – debdi rohibaga qizlar. Siz hyech narsani bilmaysiz, hyech narsani ko‘rmayapsiz, dunyoda ko‘p narsalar bo‘lyapti. Mana eshiting: Chol bilan kampir o‘zlari yashardilar, ularning chipor tovuqchalari bor edi. Bir kuni tovuqcha polning tagida bitta ola-bula, uchli, suyakli, g‘alati tuxum qo‘yibdi! Chol tuxumni uribdi – sinmabdi, kampir uribdi – sinmabdi, sichqoncha o‘tib ketayotib dumi tegib ketgan ekan, tuxum ezilib qolibdi. Shuning uchun chol ham yig‘layapti, kampir ham yig‘layapti, tovuq qichqirayapti, darvoza taqillayapti, hovlida mayda tarashalar uchib yotibdi, kulbaning tomi qimirlayapti! Biz esa suvga ketayotib, chelaklarni otib, obkashni sindirib yubordik.
Shu vaqtda rohiba xamir qorayotgan ekan, u ham chol yig‘layotganini, kampir yig‘layotganini, tovuqcha qichqirayotganini eshitib qattiq qayg‘urganidan tog‘orani ag‘darib yuboribdi va butun xamir polga yoyilib ketibdi.
Shu payt rohib qo‘lida kitob bilan kirib kelibdi.
– Oh, dadasi! – debdi unga xotini – Siz hyech narsani bilmaysiz, hyech narsani ko‘rmayapsiz, dunyoda esa juda g‘alati ishlar bo‘lyapti. Mana eshiting: Chol bilan kampir o‘zlari yashar edilar, ularning chipor tovuqchalari bor edi. Bir kuni tovuqcha polning tagida bitta ola-bula, uchli, suyakli, g‘alati tuxum qo‘yibdi! Chol tuxumni uribdi – sinmabdi, kampir uribdi – sinmabdi, sichqoncha o‘tib ketayotib dumi bilan tegib ketib tuxumni ezib yuboribdi. Shuning uchun chol ham yig‘layapti, kampir ham yig‘layapti, tovuq qichqirayapti, darvoza taqillayapti, hovlida mayda tarashalar uchib yotibdi, kulbaning tomi qimirlayapti! Bizning qizlarimiz esa suvga ketayotib, chelaklarni otib yuborib, obkashni sindirishibdi. Men esa xamir qorayotgandim, qattiq qayg‘urganimdan barchasini polga to‘kib yubordim!
Rohib qayg‘urib, hasrat chekkanidan, o‘zining kitobini parcha-parcha qilib, yirtib tashlabdi.

Ertaklar
G‘alati tuxum