Onaning quyidagi kasalliklarida emizish tavsiya etilmaydi: haqida to’liq ma’lumot oling
Onaning quyidagi kasalliklarida emizish tavsiya etilmaydi:
Buyrak yetishmovchiligida;
Tug‘ma yoki orttirilgan yurak parogida;
Endokardit va miokarditda;
Bazedov kasalligida;
Xavfli o‘smalarda;
O‘tkir ruhiy kasalliklarda.
Onada silning aktiv shakllari bo‘lganda bola emizish mumkin emas. Bola 1,5-2 oy onadan uzoqlashtiriladi hamda bu vaqtda bola emlanib silga qarshi immunitet hosil qilinadi. Emizish onadan sog‘ib olingan sut bilan davom ettiriladi.
Bundan tashqari, ona emizikli davrda gripp, o‘pka shamollashi, qizamiq, qizilcha, kuydirgi, qoqshol, terlama kabi kasalliklar bilan kasallanib qolsa, quyidagi maxsus choralar ko‘riladi.
Gripp, o‘pka shamollaganda – ona og‘ziga niqob taqqan holatda emizish mumkin. Emizishdan so‘ng bola onadan alohida xonaga o‘tqaziladi;
Qizamiq, qizilcha bo‘lganda – emizishni davom ettirish mumkin. Lekin, bir vaqtning o‘zida bolaga pediatr nazorati ostida gamma-globulin kiritiladi;
Kuydirgi, qoqsholda emizish butkul to‘xtatiladi va boshqa ayol sutidan foydalaniladi;
Toshmali va qaytalama terlamaning og‘ir holatida ko‘krak bilan emizish vaqtinchalik to‘xtatiladi. Yengil hollarda esa sog‘ibqaynatilgan sut bilan emizish davom ettiriladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan holatlar ayolda kuzatilganda tegishli choralar ko‘rilishi zarur. Bu holatlar kuzatilganda nafaqat o‘zingizni, balki bolangiz salomatligi uchun ham shifokor (Pediatr, oilaviy shifokor) nazorati ostida bo‘lishingiz lozim.
Malumotlar
Onaning quyidagi kasalliklarida emizish tavsiya etilmaydi: