Yo‘lbars va eshak to’liq malumot oling

Yo‘lbars va eshak to’liq malumot oling

Aytishlariga qaraganda qadim zamonlarda Xitoyda eshak bo‘lmagan ekan. Bir safdogar uzoq safardan qaytayotib, juda semiz va o‘taketgan ahmoq bir eshakni sotib olibdi. Uni qayiqqa ortibdi-da, o‘z yurtiga olib ketibdi. Uyiga kelgach, o‘tlasin deb, eshakni qo‘yib yuboribdi.
Ko‘p o‘tmay o‘tlab yurgan eshakni yo‘lbars ko‘rib qolibdi. Yo‘lbars o‘ylab-o‘ylab oxiri: «Bu kattakon, semiz hayvon ajdar bo‘lsa kerak», degan qarorga kelibdi. «Quloqlarining uzunligini qara-ya!» Keyin yo‘lbars o‘rmonga yashirinib olibdi-da, eshak­ni kuzata boshlabdi. Shunda eshak birdan boshini ko‘tarib, hangrab yuboribdi. Juda dahshatli qilib hangrabdi. Jonponi chiqib ketgan yo‘lbars: «Tag‘in u meni yeb qo‘ymasin», deb nariroqqa borib, butazorga kirib olibdi, anchagacha qo‘rquvdan dag‘-dag‘ titrab o‘tiribdi. Keyin sekin mo‘ralasa, eshak yaylovda o‘tlab yurgan emish. Yo‘lbars yurak yutib yaqinroq kelgan ekan, eshak hyech narsa qilmabdi. Shundan keyin u yalanglikka chiqibdi-da, sekingina miyovlabdi. Eshakning jahli chiqibdi, quloqlarini silkib, hangrab yuboribdi.
Yo‘lbars: «E-e, shunday arzimagan narsaga shunchalik achchig‘lansang, tuppa-tuzuk ahmoq ekansan-ku!» — deb o‘ylabdida, yana bir miyovlabdi. Achchig‘i chiqqan eshak orqa oyoqlari bilan tepina boshlabdi. Yo‘lbars bo‘lsa:
— E-ha, tentak ekansan-ku! Qilayotgan ishing ahmoqligu o‘jarlikdan bo‘lak narsa emas, — deb hayqiribdi-yu, bir sakrab eshakning ustiga chiqib, uni g‘ajib tashlabdi.
Shundan beri odamlar bu hayvonni bekordan-bekorga achchiqlanib, tepinavergani uchun eshak deb bilishar ekan.

Ertaklar, Jahon xalq ertaklari

Ertaklar
Yo‘lbars va eshak