Bolalarning najasida nima sababdan qon bo‘ladi? haqida to’liq ma’lumot oling
Bolalar najasida qonning bo‘lishi
1)Jiddiy belgi hisoblanadi.
2)100 ortiq kasallikni klinik belgisi hisoblanadi.
3)Onalar bu belgini ko‘rgan zahoti bolani Pediatr yoki bolalar xirurgiga ko‘rsatishi lozim!
Najasda qon bo‘lishi manbasiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1) Hazm traktining yuqori qismlaridan (oshqozon va ingichka ichak)
2) Hazm traktining pastki qismlaridan(chambar ichak, to‘g‘ri ichak va anus)
Hazm traktining yuqori qismlaridan qon ketganda, najas(melena) qora kartonsimon ko‘rinishda bo‘ladi.
To‘q-qizil qon najasga aralashgan yoki uning yuza qismida bo‘ladi.
Hazm traktining pastki qismlaridan qon ketganda, najasga toza qizil qon aralashgan ko‘rinishda bo‘ladi.
Hojatxona qog‘ozida yoki pampers(taglik)da najassiz toza qonning bo‘lishi perianal sohada yorilishlar borligini ko‘rsatadi.
Bir qancha mahsulotlar va dorilar najas rangini qo‘ng‘ir yoki qora tusga kirishiga sabab bo‘lishi mumkin:
-antibiotiklar(levofloksatsin, metronidazol)
-temir preparatlari
-aktivlangan ko‘mir
-enterosorbentlar(enterofiltrum, laktofiltrum, filtrum)
-qizil bo‘yoq saqlovchi dorilar
-aromatizatorlangan jelatin(qizil rang)
-qizil lavlagi
Sabablari
1 oygacha bo‘lgan bolalarda:
-Nekrotik enterokolit
-Ichaklarning buralib qolishi
-Allergik proktokolit
-Girshprung kasalligi(Enterokolit)
-Chaqaloqlarning gemorragik kasalligi
1 oydan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda
-Anal yoriqlar
-Infeksion kolit
-Allergik proktokolit
-Invaginatsiya
-Mekkel divertikuli
-Ichaklarning buralib qolishi
-Girshprung kasalligi(Enterokolit)
-Nekrotik enterokolit
-Kron kasalligi
2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda:
-Anal yoriqlar
-Infeksion kolit
-Yog‘on ichak polipi
-Mekkel divertikuli
-Gemorragik vaskulit
-Gemolitiko-uremik sindrom
5 yoshdan katta bolalarda:
-Anal yoriqlar
-Infesion kolit
-Polip
-Gemorragik vaskulit
-Ichakning yallig‘lanish kasalliklari
-Gemorraidal tugunlar
Aziz onalar! Bolangiz sog‘ligiga e’tiborli bo‘ling! Yuqoridagi belgi aniqlanganda bolangizni darhol bolalar jarrohi yoki vrach pediatr ko‘rigiga olib boring!
© Doctor Muxtorov
Malumotlar
Bolalarning najasida nima sababdan qon bo‘ladi?