Cho‘pon yigitcha to’liq malumot oling

Cho‘pon yigitcha to’liq malumot oling

Bor
ekanda yo‘q ekan, bir cho‘pon yigitcha bor ekan. Uning har qanday

savollarga bergan javoblari bilan butun mamlakatda dong‘i ketgan ekan.

Bu haqda o‘sha mamlakatning podshosi ham eshitibdi va bu gaplarga

ishonmay, yigitchani o‘zining huzuriga keltirishni buyuribdi va unga

shunday debdi:

-Agar sen mening uchta savolimga javob bera olsang, men seni o‘zimga o‘g‘il qilib olaman va sen mening saroyimda yashaysan.

-Bu qanday uch savol ekan?

 Podsho debdi:

-Mening birinchi savolim, dengizda necha tomchi suv bor?

Cho‘pon yigit javob beribdi:

-Podshoyi
olam, o‘sha dengizga quyilayotgan daryolarning suvini to‘xtatish

to‘g‘risida farmon bering, ularning bir tomchisi ham dengizga tushmasin,
ana shunda men sizga dengizda necha tomchi suv bor ekanligini aytib

beraman.

Podsho davom etibdi:

-Mening ikkinchi savolim, osmonda nechta yulduz bor?

Cho‘pon yigit javob beribdi:

-Menga
katta bir varaq qog‘oz bering, — debdi. U qog‘ozga qalam bilan

shunchalik ko‘p mayda nuqtalarni qo‘yibdi-ki, qarasang ko‘zlaring

qamashib, ularni sanashning hech iloji yo‘q ekan. Va u podshoga qarab:

-Mana shu qog‘ozda nechta nuqta bo‘lsa, osmonda ham shuncha yulduz bor, ularni bir sanab ko‘ring-chi, – debdi.

Nuqtalarni sanashni hech kim uddalay olmabdi.

Podsho o‘z savollarini davom ettiribdi:

-Mening uchinchi savolim:

-Abadiylikda necha soniya bor?

Cho‘pon yigitcha unga javob beribdi:

-Uzoq
o‘lkalarning birida Ko‘hi Qof tog‘i bor, uning cho‘qqisiga chiqish

uchun bir necha kun yurish kerak, uning uzunasi bo‘ylab o‘tish uchun ham
yana bir necha kun yurish zarur bo‘ladi va yana bir necha kun o‘sha

tog‘ning uchiga chiqish uchun ham kerak. Tog‘ning cho‘qqisiga yuz yil

mobaynida bitta qushcha bir marotaba  uchib kelib, o‘zining tumshug‘ini

qayraydi. U butun tog‘ni qayrab tugatganida esa abadiylikning birinchi

soniyasi o‘tar ekan.

Podsho shunday debdi:

-Sen mening uch savolimga donishmandlarday javob berding, endi men seni o‘g‘il qilib olaman, sen mening saroyimda yashaysan.

Ertaklar
Cho‘pon yigitcha