6-10 oylik bolaning nutqi rivojlanish darajasini tekshirish
Quyidagi test bolaning rivojlanish darajasini aniqlab beradi. «Adda», «oppa» kabi tovushlarni chiqaradi. «Mumkin emas» degan iborani tushuna oladi. Onasiga qarab «mma», «mamma» kabi tovushlarni ishlatadi. «Ber», «ol», «Ketdik», «Ovqat yeymiz» kabi iboralardan bir-ikkitasini tushungandek bo’ladi. «Da», «Ga», «Ka», «Ba» kabi tovushlar chiqaradi. Tanasi yoki qo’li bilan istayotgan narsasini ko’rsata oladi. Tanasi yoki yuzi bilan «Yoqadi» va «Yoqmaydi» tuyg’ularini ishora qila oladi. O’zicha har xil tovushlar chiqarib gapirgandek bo’ladi.
Ushbu savollarga quyidagicha javob berasiz: Juda yaxshi qiladi — 3 ball Qila oladi — 2 ball Yaxshi qaila olmaydi — 1 ball Umuman qilmaydi — 0 ball
Javoblarga oid ballarni qo’shib chiqasiz. Natija: 21 balldan yuqori olsa — bola o’z tengdoshlaridan ko’ra tezroq rivojlanmoqda. 15-21 ball oralig’ida olsa — bola normal rivojlanmoqda. 11-14 ball oralig’ida olsa — bolaning rivojlanishi biroz sekinroq kechmoqda.6-10 oylik bolaning nutqi rivojlanish darajasini tekshirish
DO`STLARGA ULASHING:
6-10 oylik bolaning nutqi rivojlanish darajasini tekshirish