Psilo — balzam gel — teri yuzasiga allergik xolatlarga to’liq malumot oling

Psilo — balzam gel — teri yuzasiga allergik xolatlarga to’liq malumot oling

?Psilo — balzam gel — teri yuzasiga allergik xolatlarga qarshi qo’llaniladi.

#Psilo balzam

#Псило балзам

?DORI SHAKLI : ?

Sirtga qo’llash uchun antigistamin vosita .Gel ko’rinishida.

?TARKIBI : ?

Difengidramin moddasi.

?TA’SIRIGA KO’RA ?

Allergiyaga qarshi vosita. Antigistamin vosita.

?QO’LLANILISHI ?

— Quyosh nuridan terining kuyish xolatlarida qo’llaniladi.

— Kuyishning faqatgina 1 chi darajasida , ya’ni olovdan kuyganda teri sirtiga suriladi.

— Teri toshmalari va teri qichishishida qo’llaniladi.

— Terining ekzema kasalligida va qichish xolatida.

— Terining allergik kasalliklarida , ichki organlar faoliyati buzilgandagi qichishshda ( masalan xolestazdagi ).

— Kontakt dermatitda ( teri kasalligida ).

—Teri sirtining tishlab olingan qismiga , ari , asalari va boshqa shunga o’xshash xasharotlar chaqqandagi allergik holatlarda qo’llaniladi.

?QO’LLASH USULI ?

Gelni shikastlangan teri sohasiga kuniga 3 — 4 marta surtiladi.

?NOJO’YA TA’SIRI ?

Terida allergik reaksiyalar berishi mumkin ( xavfsiz ).

❌QO’LLASH MUMKINMAS ?

— Preparatga kuchli allergik reaksiya bo’lganda mumkin emas.

— 2 yoshdan kichik bo’lgan bolalarga mumkin emas.

?ADMIN MASLAHATI ?

Xomiladorlik davrida qo’llash mumkin.

Preparat 2 yoshdan boshlab qo’llaniladi.

?Qo’llash — retseptsiz

?Ishlab chiqaruvchi — Rossiya.

Dorixona
Psilo — balzam gel — teri yuzasiga allergik xolatlarga