Soch to‘kilishi haqida to’liq malumot oling

Soch to‘kilishi haqida to’liq malumot oling

Soch to‘kilishi haqida ko‘p so‘rashadi. Bugun buning sabablari haqida gaplashamiz.

1.Qon aylanishining buzilishi.

Afsuski hozir bosh kiyim kiymasdan yurish moda bo‘lib ketgan. Qahraton sovuqlarda ham bosh kiyimsiz yurganlarni ko‘raman. Natijada nima bo‘lardi bosh terisida qon yaxshi aylanmaydi. Bu soch follikulasining xalq tili bilan aytganda soch ildizining oziqlanishi buzilib soch to‘kilishi kuzatiladi.

2.Gormonal o‘zgarishlar.

Bu holat ayniqsa ayollarda homiladorlik vaqtida kuzatiladi. Kuchli stres vaqtida ham gormonal «sakrashlar» kuzatiladi. Dori-darmon bilan ba’zi kasalliklarni davolash jarayonida kuzatilishi mumkin. Har qanday dori ham organizmdagi muvozanatga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

3.Temir tanqisligi va anemiya.

Temir yetishmasligi va anemiya sochlarning rangsizlanishi, kuchsizlanishiga olib keladi. Vitaminlardan D balansi buzilsa ham shunday holat yuzaga keladi.

4.Eng katta sabablardan biri bu bosh terisi kasalliklari.

Agar sizda bosh terisi yallig‘lanish kasalliklari bo‘lsa (yiringli) nafaqat soch to‘kilishi balki soch follikulasi zararlanib soch umuman o‘sib chiqmay qo‘yishi mumkin. Shuning uchun shifokor trixolog yoki dermatolog-venerologga kechiktirmasdan murojat qiling.

Kasalliklar
Soch to‘kilishi haqida