2021 yilning asosiy ranglari to’liq malumot oling
«Toshdek mustahkam va chidamli hamda iliq va optimistik ranglar jamlanmasi (Ultimate Gray/Illuminating) kuch va pozitivni ifodalaydi», — deyiladi institut izohida.
Pantone direktori Leatris Eysmanning ta’kidlashicha, ushbu ranglar birgalikda insonga sabr-toqat va umid bag’ishlaydi.
Eslatib o’tamiz, institut 2020 yil uchun xotirjamlik va ishonchni ifodalovchi klassik ko’k rangni tanlagandi.
Ma’lumot uchun: Pantone instituti ranglar yaratish va ranglar tadqiqoti bilan shug’ullanadi. Ularning ishlaridan butun dunyodagi dizayner va reklamachilar foydalanishadi. 2000 yildan beri instiut har yilning o’z rangini belgilab keladi.
Boshqa mavzular
2021 yilning asosiy ranglari