14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni»ga «O`zbekiston askarlari» to’liq malumot oling

14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni»ga «O`zbekiston askarlari» to’liq malumot oling

14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni»ga
Mundarija скрыть

«O`zbekiston askarlari»

        Zal bayrmona sharlar bilan bezatiladi. O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlari, vatan himoyachilari bo`lmish yosh askarlar plakatlari namoyish etilgan. Sahnaning o`ng tomonida davlatimiz bayrog`i qo`yilgan.

        Sahnaga vatanni madh etuvchi kuy orqali ikki boshlovchi va yosh askarlar libosida o`quvchilar chiqadilar.

        1-boshlovchi: Assolomu alaykum, hurmatli ustozlar! Qadrli mehmonlar, aziz o`quvchilar!

        O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etiladi.

        O`quvchilar sahnaga birin-ketin chiqib davlat ramzlari haqida so`zlaydilar.

— 1991-yil 1sentabr  O`zbekiston respublikasi o`z mustaqilligiga erishgan kun.

-Mustaqil davlatimizning o`z gerbi bor.

-O`zbekiston Respublikasi  davlat bayrog`iga ega.

-O`zbekiston sportchilarining g`oliblik shohsuppasiga ko`tarilganlariga yangrovchi madhiyamiz bor.

Yosh askarlar vatanni madh etuvchi she`r aytadilar:

     -Vatan deya ko`z ochsam,

                Shirin o`yga tolaman.

                Shunday go`zal zamonda,

                Yayrab nafas olaman.

                -Yurtim deya she`r yozsam,

        Tanda jonim yayraydi.

        Quvonchga to`lib bu dam

        Sevin chyoshim tinmaydi.

               -Azizlarim, ayting

        Bu ishtiyoqmi yo havas

        Vatan degan tuyg`uga

        Bo`lgim kelar hamnafas.

        -Maqsadimiz yagona,

        Keling birdam bo`laylik,

        Shu el, shu diyor uchun

        Yonib xizmat qilaylik!

Yosh askarlar ijrosida  «Askarlar» qo`shig`i kuylanadi.

1-boshlovchi: Davlatimiz o`z havfsizligini  ta`minlash, yurt tinchligini SAqlash

maqsadida o`z armiyasiga va qurolli kuchiga egadir.

2-boshlovchi  O`zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari

1992-yil 14-yanvarda  tashkil topgan

1-boshlovchi: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 bobi, 125- moddasida:  «O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari O`zbekiston Respublikasining davlat suverinitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va havfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.»

2-boshlovchi: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining    126 — moddasida   O`zbekiston Respublikasi o`z xavfsizligini ta`minlash uchun yetarli darajada Qurolli kuchlariga egaligi aytib o’tilgan.

O`quvchilar «Iftixor» she`rini aytishadi.

1-o`quvchi:

 

Yigirma yil o`tdi, lahzadek go`yo,

            Qo`limni duoga ochayotirman.

Ozodlik, ozodlik, sening qadringni

Yurakdan his etib yashayotirman.

2-o`quvchi:

 Xalqim, har qadaming asrlarga teng,

Soniyalar darak berar yillardan.

Hurriyat, ozodlik deya hayqirsam,

Aks sadolar kelar Bobo tog’lardan

3-o`quvchi:

 Ana, kelayapti mo’ysafid bobo,

Qo’lidan yetaklab nabirasini.

Cheku chegarasi yo’q quvonchining,

Topganday yo’qotgan xazinasini:

4-o`quvchi:

 «Bolam, qadriga yet istiqlolning sen,

 Bilki, shodligimdan tanda titroq bu.

Har bir zarrasini asra jon kabi,

Ulug’lar kamolga yetgan tuproq bu!».

5-o`quvchi:

  Keksalar davraning to’rida mudom,

 Etibor, g’amxo’rlik murg’ak jonga.

 Asrab-avaylaylik onamiz kabi,

 Aslo ko’z tegmasin O’zbekistonga!

1-boshlovchi:O`zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari maxsus qo`shinlar, va  havo hujumidagi mudofaa qo`shinlariga va boshqa harbiy qismlarga ega.

2-boshlovchi: Bundan ko`rinib turibdiki bizning qudratli armiyamiz bizning tundagi va kundagi tinchligimizni, qora niyatli insonlarni hujumidan har tomonlama himoya qilishga qodir ekan.

                1-o`quvchi:

                                Mustaqil burch-vatanni,

                                Matonat-la asramoq !

                                Mustaqil yurt jon-tanni,

                                Mehr-u ont-la asramoq!

                2-o`quvchi:

-Vatan – mening onamsan,

Issiq  quchog`ing.

Olamda yagonasan

       Aziz tuprog`ing.

                3-o`quvchi:

                               Tug`ilib o`sdim bu vatanda,

                               Vatanimmisli yo`q jahonda!

                               Tog`laridan konlar chiqar,

                               Yerlaridan donlar chiqar.

        O`g`il bolalar harbiycha kurash usullaridan va mashqlaridan namoyish etib boradilar

1-boshlovchi: Tinchlik bebaho ne`mat. Farovon hayotda biz o`quvchilarni yaxshi va osoyishta,barkamol insonlar bo`lib kamol topishimiz uchun bizda

Hamma:   Tinchlik! kerak.

2-boshlovchi: Yoshi ulug` bobo-yu buvijonlarimiz, mehribon onalarimiz tongdan to tungacha duolari faqat bu —

Hamma:   Tinchlik! so`zidir.

        1-o’quvchi:     — Yer yuzida tinchlik bo’lsin

                                Olam doim baxtga to’lsin.

        2-o’quvchi:     Nurli quyosh porlab tursin,

                                Moviy osmon chorlab tursin

        O’quvchilar ijrosida «Vatan» qo’shig’i ijro etiladi.

        O’qituvchi tadbirni o’z dil izxori bilan yakunlaydi

        —       aziz ustozlar, qadrli mehmonlar hamda o’quvchilar

Bugungi vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan tadbirimiz o’z nixoyasiga yetdi.

Yurt tinchligi yo’lida xizmat qilayotgan askarlarimizga xam tinch-totuvlik, inson uchun eng kerakligi sog’liq tilaymiz.

Darsliklar
14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni»ga «O`zbekiston askarlari»