Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga to’liq malumot oling
Choyxonachi: Odamlaru-odamlar, bog‘da bitgan bodamlar,
Eshitmadim demanglar, eshitganlar jilmanglar.
Umidlar honasiga, bog‘cha choyxonasiga,
Hamma jam bo‘lib kelsin, quvonchga to‘lib kelsin.
Allomalar kelyapti, momolarim kelyapti,
Ajdodlarim ulug‘lagan, o‘zbeklarim kelyapti.
Exe…..xe…….xe……..!
(Davraga Shum bola kirib keladi).
Shum bola: Choyxonachi aka namuncha jar solasiz, tinchlikmi uzi?!
Shum bola: Ey… bulmasa katta yig‘in boshlanar ekanda.
Choyxonachi: Xa shunday. Kel, sen ham menga qarashib yubor choy-poy tashigani.
Shum bola: Xo‘p bo‘ladi.
Choyxonachi: Qani davramizga marhamat!
(«Choyxonachi» musiqasi ostida milliy kiyim kiygan bolalar davraga kirib keladilar. Shum bola «Choyxona» qo‘shig‘ini aytib beradi. Choyxonachi o‘yinga tushadi.)
Yod etmoq uchun.
Alarning ruxini,
Shod etmoq uchun.
Bilganlarimizni yetkazmoq uchun.
Choyxonada bir piyola,
Choy ichmoq uchun
To‘planib aytamiz,
Shirin bir kalom.
Sizlarga yo‘llaymiz,
Hamma: Dildan ASSALOM!
Navoiy bobomiz aziz bolajonlar, 1441 yil 9-fevralda Afg‘onistonning Xirot shaxrida dunyoga keladi. U o‘zbek xalqining ulug‘ shoiri, buyuk olimi, davlat arbobi, jahon adabiyotining misilsiz siymolaridan biridir. U butun xayoti va faoliyatini insonnig baht-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, urushlarning oldini olishga, obodonchilik ishlariga, ilm va fan, san’at va adabiyot taraqqiyotiga bag‘ishladi. U 1501 yilda Afg‘onistonning Xirot shaxrida olamdan o‘tadi.
Shum bola: Choyxonachi aka davramizga mehmonlar tashrif buyurishyapti.
Choyxonachi: Ko‘p jaxongir ko‘rgan bu dune,
Hammasiga guvox yer osti.
Lekin do‘stlar she’r axli aro,
Jaxongiri kam bo‘lar rosti.
Besh asrki nazmiy saroyni,
Titratadi zanjir band bir sher.
Temur tig‘i yetmagan joyni,
Qalam bilan oldi Alisher.
Dune bo‘ldi chamanim manim,
O‘zbekiston Vatanim manim!
El anga shafiqu, mehribon bo‘lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Bulbulga tikanday oshiyon bo‘lmas emish.
Choyxonachi: Ofarin, ustoz, qulluq! Choyxonamizga hush kelibsiz. Davra to‘ri sizniki.
Aziz bolajonlar endi men sizlarga Bobur bobomiz to‘g‘risida aytib beraman.
Zaxiriddin Muhammad Bobur 1483 yili 14-fevralda Andijon shaxrida tavallud topdi. U Amir Temurning evarasi bo‘lgan. Bizga u judayam ko‘p asarlar yozib qoldirgan. U o‘z davrida shoh, ulug‘ shoir, tarihchi, olim bo‘lgan. U 1530 yili Hindistonning Agra shahrida olamdan o‘tadi.
(Musiqa ostida Z.M.Bobur kirib keladi).
Choyxonachi: Boburiylar davlatining asoschisi shoir Zahiriddin Muhammad Boburshox!
Bobur: Tole yo‘qki jonimga balolig bo‘ldi,
Har ishniki ayladim hatolig bo‘ldi.
O‘z Yorin qo‘yib Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin, ne yuz qarolig bo‘ldi.
Choyxonachi: Ofarin, ustoz, qulluq! Davramizga marxabo!
(Choyxonachi va bolalar Bobur boboga «Xush keldingiz»-deb ta’zim qilib turishadi).
Choyxonachi: Qani ko‘raylikchi, kimlar ekan.
Ulug‘ Turon o‘lkasining tengi yo‘q xukumdori Sohibkiron Amir Temur Tarag‘ay Bahodirshoh xazratlari tashrif buyurmoqdalar.
(Musiqa ostida Amir Temur kirib keladilar).
Amir Temur: Mening ruhimni shod etmoqchi bo‘lsangiz quyidagi vasiyatimga amal qilingiz. «Millatning ulug‘ martabasini saqlamoq uchun adolat va ozodlik dasturingiz va raxbaringiz bo‘lsin!»
(Choyxonachi, Shum bola va bolalar Amir Temurga «Xush keldingiz»-deb ta’zim qilib turadilar).
Choyxonachi: O‘zbek klassik adabiyoti namoyondalirdan biri, g‘azalxon shoira Nodirabegim Moxlaroyim!
(Musiqa ostida Nodirabegim kirib keladi).
Nodirabegim: Marxabo ey elchi sulton, marxabo,
Xudxudi mulki Sulaymon, marxabo.
Tal’ating farrux muborak qadaming,
Qildi kulbamni guliston marxabo.
Choyxonachi: Ofarin, ustoz, ofarin!
(Choyxonachi va bolalar Nodirabegimga «Xush keldingiz»-deb ta’zim qilib turishadi).
Choyxonachi: Mashhur o‘zbek shoirasi, ma’rifatparvar Uvaysiy Jahon Otin tashrif buyurmoqdalar.
(Musiqa ostida Uvaysiy kirib keladi).
Uvaysiy: Mexnatu alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
Qayda dard eli bo‘lsa oshino Uvaysiyman.
Izladim bu olamni, topmadim vafo axlin,
Baridin yumib ko‘zni muddao Uvaysiyman.
Choyxonachi: Ofarin, ustoz, ofarin! Qani davramizdan joy oling!
(Choyxonachi va bolalar Jaxon otinga «Xush keldingiz»-deb ta’zim qilib turadilar).
Choyxonachi: Sen choylarni yangilab, choy-poylardan xabar olib turgin, Shum bola!
Shum bola: Xo‘p bo‘ladi, choyxonachi aka.
Choyxonachi: Xush kelibsizlar aziz mehmonlar, xush kelibsizlar. Biz ham ushbu kundan foydalanib bazmu-jamshid uyushtirganmiz. Qani bolajonlar bazmni boshladikmi?!
Bolalar: Boshladik!
Siz Boburshox, jaxongashta shoiri.
Siz Temursiz, jaxongiri sultoni,
Siz Nodira-Moxlaroyim shoiram.
Siz Uvaysiy, ma’rifat o‘chog‘idan,
To‘planishib qilurmiz bazmu jamshid,
Ushbu kundan bo‘lingiz doim xushnud.
Bolalar: «O‘zbegim» qo‘shig‘ini kuylaydilar.
1-bola: Ona ko‘nglini olmoq 50 marta haj qilmoqdan afzaldir.
2-bola: Chin so‘z e’tiborli, yaxshi so‘z qisqa bo‘lur.
3-bola: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz.
4-bola: Oz-oz o‘rganib donno bo‘lur, qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.
5-bola: Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim,
Orlanib suramagan o‘ziga zolim.
Allomalar: Ofarin bolajonlar, ofarin.
Bola: Bir aziz bobom bor dunyoda tanxo,
Xushtabiat, xushkomat, muloyim dono.
Ko‘ngillari kengligi yer qurra osmon,
Ko‘zlari nuroniy oynai jaxon.
So‘zlari so‘lmas gul sochar ko‘klam, yoz.
Jahon ziynatiga berar keng parvoz,
Ilxomlari jo‘shqin sho‘x oqar daryo.
G‘azal, bayt, she’rlari bulbuli guyo.
Bola: So‘z matni lazzati asalu-qaymoq,
Tafti jon havosi, oftobdek qaynoq,
Shoir, bog‘bon, alloma sarvar,
Umrini halqiga, bergay halqsevar.
Uylari hamisha otalik mexri,
Olamga ma’rifat odillik mexri.
Halqlarning g‘amini yegan otaxon
Haqiqat borini degan otaxon.
Bola: Asrlar taqdirin oldindan ko‘rgan,
Adolat uyiga poydevor ko‘rgan.
Ellarga quyoshdek maqbul kitobi,
Jaxonda nur sochar «Hamsa» oftobi.
So‘z bilan jaxoni lol-xayron etgan,
Odamzod qalbini mudom eritgan.
Zulmatni qalagan gulhanga, o‘tga,
Erkin hayot, tenglik istagan yurtga.
Bola: Jahondek bag‘ri keng sahiy bobomsiz,
567 yoshga kirgan donosiz.
Ko‘ngil uyimizda doimo borsiz,
So‘zingiz qo‘shiqdir mangu bahorsiz.
Alisher farzandi bo‘lganim uchun,
Bobomning qalamin tutganim uchun,
Burchimni oqlashga axd-qarorim bor,
Farzandlik nomim mangu baxtiyor.
Bolalar: «SUMBULA» raqsini ijro etishadi.
Choyxonachi: Shumbola choylarni yangilab tur. Choyga qaranglar aziz mehmonlar, choyga.
Bola: Assalomu alaykum, ming bor extirom,
Sizga ta’zim qilur, baxtiyor avlod.
Dilimizda qutluq, nomingiz mudom,
Zaxiriddin Muhammad Bobur bobojon.
Bola: Sizga doim qilurmiz ta’zim,
Ma’rifat mash’ali yonsin charag‘on.
Charog‘on yurtimga, Vatanimga shon,
Nomingiz ulug‘dir, Bobur bobojon!
Bola: Ulug‘ bobom, Bobur orzu qilgan yurt,
Sarkarda Temurga kulib boqqan yurt.
Mustaqqilim aziz Vatanim
Ko‘z tegmasin asrasin tangrim.
Bolalar: «VATAN» qo‘shig‘ini kuylaydilar.
Choyxonachi: Oq Saroyning ostonasi sizni qumsagay,
Ko‘xna Keshning akrobasi, sizni qumsagay.
Karvon qurgan sardobasi, sizni qumsagay,
Samarqandning minorasi, sizni qumsagay.
Temur bobo nomingizni yod etajakmiz.
Olam aro ruhingizni shod etajakmiz.
Bola: Turkning shavkatini joylab tig‘iga
Mardona yuksakka ko‘targan ilk bor.
Zafar quchgan bobom Temur ruhiga,
Bugun ta’zim aylaylik takror va takror.
Bolalar: «BAYROKCHALAR KOMPOZITSIYASI»ni etadilar.
Bola: Ajdodlarim ruxi buldi madadkor,
Asrlar oshsa ham ular mangu yor.
Tumaris, Uvaysiy, Nodirabegim,
Momolarim uluglagan uzbegim.
(Yugurib bita qiz chiqib dugonalarini chaqiradi).
Kiz: Dugonajonlar-u, dugonajonlar! bu yoqqa kelinglar-u…..
Kizlar: Ha, nima deysiz dugonajon.
Kiz: Biz ham bazmu jamshidga qatnashaylik.
Shum bola: Ey, kelinglar qizlar, xush kelibsizlar choyxonamizga. Eshikda qor va shamol nimaga bo‘lyapti desam, bu sizlarning kelishingiz ekan-da.
(Qizlar Shum bolaga qarab pichchillashib kulishadi)
Qizlar: Xush keldik Shum bola, xush keldik.
Qizlar: «UYNANG KIZLAR» laparini aitib raqsga tushadilar.
Uvaysiy: Barakallo qizlar, barakallo.
(Qizlar Uvaysiyga boshlarini xiyol egib ta’zim qilib turadilar).
Uvaysiy: Sizlarni ko‘rib yanayam quvonchim ichimga sig‘may ketdi. Men sizlarga chiston ya’ni topishmoq olib kelganman, topasizlarmi?
Qizlar: Topishga harakat qilamiz.
Uvaysiy: U na gumbazdir eshigi, tuynugidin yo‘k nishon,
Necha gul-gun pok qizlar manzil aylabdur makon.
Tuynugin ochib, alarning holidan olsam habar,
Yuzlarida parda tortug‘lik, turarlar bag‘ri qon.
Qizlar: (O‘ylanib) Anor, anor, anor.
Allolamalar: Barakallo, barakallo aziz bolajonlar.
RAQS.
Choyxonachi: O‘zbekiston jahonda buyuk daxo, allomalar, sarkardalar Vatanidir.
Okean ortidagi yerni, birinchi bo‘lib kashf etgan Kim?
Bolalar: Abu Rayxon Beruniy.
Choyxonachi: Tib ilmining asoschisichi?
Bolalar: Abu Ali ibn Sino.
Choyxonachi: Buyuk matematik Al Xorazmiyni voyaga yetkazgan qaysi yurt?
Bolalar: O‘zbekiston zarin tuprog‘i.
Choyxonachi: El qalbida buyuk insonlar qoldi,
Metinday mustaxkam iymonlar qoldi.
Toshlar cho‘kib ketdi, ummonlar qoldi,
Navoiy, Bobur, Temur ruhida,
O‘zbek elining armoni qoldi.
Bayram kompozitsiyasi «O‘zbekiston» fonogramma qo‘shig‘i bilan yakunlanadi.
Darsliklar
Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga