DIKLOBERL ampula to’liq malumot oling

DIKLOBERL ampula to’liq malumot oling

Dikloberl ampula
Mundarija скрыть

#Диклоберл ампула

?Dori shakli : Ineksiya uchun eritma ( ampula) —  3 ml ampulada chiqariladi.

?Tarkibi : Diklofenak natriy — 75 mg.

?Ta’sir qilishiga ko’ra :

Yallig’lanishga qarshi va Ogriq qoldiruvchi juda samarali vosita.

?QO’LLANILISHI ?

— Bo’g’im yallig’lanish kabi holatda ( artritda )

— Revmatik kasalliklarda ( revmatizmda)

— Revmatoid artritda , osteoartrozda va osteoartritda

— Bo»g’imlar yallig’lanishi va og’rig’ida

— Umurtqa pog»onasi og’rig’ida

— Bo’g’im atrofidagi yumshoq to’qimalarning revmatik kasalliklarida

— O’tkir podagra xurujida

— Yallig’lanish va shish bilan kechuvchi jarohatdan keyingi va operatsiyadan keyingi og’riqlarda.

— Og’ir kechuvchi migren xurujlarida

— Buyrak va o’t pufagi sanchiqlarida

— Boshqa og’riqli xolatlarda

— Bel og’rig’ida

— Suyaklar qaqshab og’rishida

?QO’LLASH USULI ?

Faqat mushak ichiga yuboriladi ( esda saqlang ). Sutkasiga 1 — 2 marta gacha ( og’riqli xolatlarda ).

?NOJO’YA TA’SIRI ?

— Bosh og’rig’i , bosh aylanishi

— Qon bosimi tushishi mumkin

— Uyquchanlik , charchoq

— Ko’ngil aynish , qusish

— Diareya , qorinda og’riq

— Teri toshmalari va teri qichishishi

— Ineksiya joyida og’riq

❌QO’LLASH MUMKINMAS ?

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda

— Me’da ichakda yara bo’lganda

— Me’da ichak ning teshilish xolatida va qon ketish xolatlarida

— Xomiladorlik davrida mumkin emas ( esda saqlang )

— Og’ir darajadagi buyrak va jigar yetishmovchiligida

— Kvinke shishida mumkin emas.

— Yurak og’ir yetishmovchiligida

— Ichakning yallig’lanish kasalliklarida

— Bolalar va 18 yoshdan kichik larga mumkin emas.

— Operatsiyadan keyingi holatlarda qon ketish xavfi yuqori bo’lganda.

— Aortakoronar shuntlash va yurakda o’tkazilgan boshqa operatsiyadan so’ng kuzatiladigan keyingi og’riqlarda qo’llash mumkin emas.

— O’tkazilgan miokard infarkti va stenokardiya kasalliklaridan keyingi holatlarda

— Bosh miyada qon aylanishi buzilganda va insult o’tkazgandan keyingi holatda yoki kasallik vaqtida mumkin emas.

?ADMIN MASLAHATI ?

▶Dikloberl preparatini emizikli ayollarga qo’llashga to’g’ri kelganda darrov bolani emizishni to’xtatish talab qilinadi. Davolanish kursi tugagach emizishni yana 2 — 3 kundan keyin ( ta’siri organizmdan ketgach ) davom ettirish mumkin.

▶Yana bir muhim va kerakli ma’lumot sifatida dikloberl ampulasi ni yoki kapsulasini , tarkibi diklofenak bo’lgan boshqa og’riq qoldiruvchi vositalarni doimiy jig’ildon qaynashi ( zarda qaynashi ) bor bemorlarga va doimiy oshqozonida kislotalilik baland yuradigan kishilarga diklofenak preparatlari tavsiya etilmaydi ( esda saqlang ).

▶Dikloberl preparati — ampula , kapsula , tabletka va svecha ( shamcha) ko’rinishida chiqadi.
?DIKLOBERL AMPULASI ANALOGLARI ?

?Qo’llash — retsept bilan

?Ishlab chiqaruvchi — Germaniya , Uzbekistan

@Farmakologiya_TTA

,, ТАБЛЕТКА » kanali

Dorixona
DIKLOBERL ampula