Oʻzbekistondan Rossiyaga avtobuslar chipta narxi haqida to’liq ma’lumot oling

Oʻzbekistondan Rossiyaga avtobuslar chipta narxi haqida to’liq ma’lumot oling

Oʻzbekistondan Rossiyaga muntazam avtobuslar qatnovi tiklanmoqda

Mazkur yoʻnalishlarda qatnovlar “Yutong” rusumli avtobuslarida amalga oshiriladi (https://www.spot.uz/oz/2022/07/16/uzbekistan-russia-bus/).

18-iyuldan boshlab, haftaning dushanba va payshanba kunlari “Toshkent” avtovokzalidan soat 12:00 da Toshkent — Moskva yoʻnalishida qatnovlar amalga oshiriladi. Mazkur yoʻnalishda chipta narxi — 1 000 000 soʻmni tashkil etadi.

Toshkent — Qozon yoʻnalishida qatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari bajariladi. Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 11:00 da harakatlanishni boshlaydi. Chipta narxi — 800 000 soʻmni tashkil etadi.

Toshkent — Sankt-Peterburg yoʻnalishida qatnovlar haftaning chorshanba va shanba kunlari bajariladi. Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 16:00 da yoʻnalish boʻylab harakatlanishni boshlaydi. Ushbu yoʻnalishga chiptalar 1 250 000 soʻmdan sotiladi.

Malumotlar
Oʻzbekistondan Rossiyaga avtobuslar chipta narxi