MEKSIDOL ampula to’liq malumot oling
Meksidol ampula
#Мексидол ампула
?Dori shakli : ?
ineksiya uchun eritma ( ampula)
?Tarkibi ?
Etilmetilgidroksipiridin suksinat
?Ta’siriga ko’ra ?
Antioksidant vosita , gipoksiyaga , yani kislorod yetishmovchiligiga qarshi qo’llaniladi. Sudorgiga qarshi va stressga qarshi vosita
?QO’LLANILISHI ?
— Bosh miyada qon aylanishi o’tkir buzilishida
— Bosh miya travmalarida va travmadan keyingi holatlarda
— Aterosklerotik kasallik holatlarida
— Vahimali nevrotik buzilishlarda
— O’tkir miokard infarkti kasalligida qo’llaniladi.
—Birlamchi glaukomada kompleks davo sifatida
— Antipsixotik moddalardan zaharlanganda va intoksikatsiya holatlarida
— Qorin bo’shligining o’tkir yiringli yallig’lanishi holatlarida , masalan o’tkir nekrotik pankreatitda va peritonit kabi kasalliklarda kompleks davo bilan birgalikda qo’llaniladi
?QO’LLASH USULI ?
Ampulani mushak orasiga, vena ichiga yuborish mumkin ( sekin ). Osma ichiga qo’shib jo’natsa ham bo’ladi ( masalan 0,9 % li natriy xlor osmasini ichiga).
Preparatni venaga kiritishda juda sekin yuborish kerak. Venaga 5 — 7 minut davomida sekin yuborish kerak. Shu sabab mushak ichiga yoki osma ichiga qo’shib yuborgan maqulroq .
Kunlik yuborish dozasini shifokor belgilaydi .( O’zingiz o’zboshimchalik qilib qo’llamang ) .
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Bosh og’rig’i , bosh aylanishi
— Uyquchanlik
— Qon bosimi oshishi
— Nafas olish qiyinlashishi
— Ko’ngil aynish , qusish
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— O’tkir buyrak va jigar yetishmovchiligida
— Homiladorlik va emizish davrida mumkinmas
— Yosh bolalarga mumkinmas
?MEKSIDOL ANALOGLARI ?
Meksidol preparati tabletka korinishida ham chiqadi.
?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Rossiya
@Farmakologiya_TTA
,,ТАБЛЕТKА» kanali
Dorixona
MEKSIDOL ampula