Kollagenni kimlar ichishi kerak va nima uchun?

Kollagenni kimlar ichishi kerak va nima uchun?
kollagenni kimlar ichishi kerak va nima uchun 65ca9ef3181e7

a3488f543f864ba254a0d7906c

Kollagenni kimlar ichishi kerak va nima uchun?

DO`STLARGA ULASHING:

Kollagenni kimlar ichishi kerak va nima uchun?

Kollagen — organizm uchun muhim oqsil bo‘lib, u biriktiruvchi to‘qimalarning shakllanishida ishtirok etadi.

Tuzilishidan prujinkaga o‘xshaydi. Yosh o‘tishi bilan bu «prujinalar» qisqaradi yoki parchalanadi, bu esa ajinlar, bo‘g‘im kasalliklari, sochlar, tirnoqlar, paylar va h.k. holatini yomonlashishiga olib keladi.

Kollagen yetishmovchiligida yosh omili har doim ham muhim rol o‘ynamaydi. Kollagen tolalari ko‘p miqdordagi glyukoza ta’sirida hamda S vitamini yetishmovchiligida ham parchalanadi.

Glyukoza kollagen tolalari bilan birlashadi, toraytiradi va keyin ularni parchalaydi. Bu jarayon «glikatsiya» deb ataladi. Shuning uchun yosh teri uchun shakarni iste’mol qilishni cheklash maqsadga muvofiqdir. S vitaminining yetishmasligi tashqaridan keladigan va organizm tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu oqsilni oddiygina so‘rilmasligiga, sintez qilinmasligiga olib keladi. Shuningdek doimiy stress, yomon odatlar, gormonal buzilishlar ham sabab bo‘lishi mumkin.

Kollagen BADlarini kamida 30 yoshdan keyin ichish kerakligini eslatib o‘tmoqchiman va shu bilan birga kollagenni ertalab, nonushtadan avval, vitamin S bilan ichish tavsiya qilinadi.

@taomlanish_ilmi

Kollagenni kimlar ichishi kerak va nima uchun?