Bolani qanday qilib gapirishga o‘rgatish mumkin: haqida to’liq ma’lumot oling

👶🏻Bolani qanday qilib gapirishga o‘rgatish mumkin: 10 ta qiziq usul

1. Takrorlash orqali ko‘p narsani o‘rgansa bo‘ladi. Uydagi buyum, ko‘chadagi hodisalar, bajarayotgan ishlaringizning nomini ayting, hozir dada, buvi yoki mehmonlar kelishi haqida ogohlantiring. Ishoning, natija tezda namoyon bo‘ladi.

2. Bolaning ortidan takrorlash. Cheksiz ravishda «du-du-du-du» deb aytish zerikarli bo‘lib tuyulyaptimi? Xor bo‘lib aytib ko‘ring. Yangi «do-do-do» qo‘shig‘ini aytishga harakat qilib ko‘ring. Takrorlayaptimi? Shu tarzda davom ettiring. Bu nafaqat nutq apparati uchun mashq, balki rivojlantiruvchi o‘yin hamdir.

3. Nutqning rivojlanishi mayda motorika bilan uzviy bog‘liq. Barmoq uchi va o‘z harakatlarini boshqarish ko‘nikmasi miyaning nutq uchun javob beruvchi qismlari bilan bevosita bog‘liq. Albatta, oyoq kiyim bog‘ichini bog‘lashga hali erta. O‘yin uchun turli – dumaloq, qovurg‘ali, yumshoq, yopishqoq, mayin va boshqa buyumlarni bering. Qanchalik xilma-xil bo‘lsa, shuncha yaxshi.

Hech kimga sir emaski, ko‘pchilik bolalar qimmatbaho rivojlantiruvchi gilam va o‘yinlarni emas, qopqoqli, qoshiqli oddiy bankalarni o‘ynashni yoqtirishadi. Ipga o‘tkazilgan turli rangdagi tugmalar mashhur. Tanlash huquqini bolaning o‘ziga bering.

4. Bir yildan keyin imo-ishoralardan voz kechishga harakat qiling. O‘zingizni uzatilgan qo‘l, barmoqni sezmayotgandek tuting, bolaga biror narsani bera turib «ber» deb ayting. Variantni borgan sari murakkablashtiring – «Oyi, nokni ber deb ayt».

5. Hayvonlar tovushlari va ularga «mu-mu», «vov-vov», «vaq-vaq» va v h.k. tarzidagi taqlid faol qiziqish uyg‘otadi.

6. «Tilga kirgan» yoki yoshi kattaroq bolalar bilan muloqot qiling. Taqlid qilish istagi barcha muvaffaqiyatsizliklarni yo‘qqa chiqaradi.

7. Qo‘shiqlar kuylang! Hatto eshitish qobiliyati va ovozingiz bo‘lmasa ham. Ayyorona usulni qo‘llang – kutilmaganda ayrim so‘zlarni «adashtirib» ayting va biroz tanaffusdan keyin bolakay o‘zi sizni to‘g‘rilaydi.

8. Oson yodda qoladigan she’rlar ko‘ngilochar mashqqina emas, ta’lim olish hamdir. She’rni 10 martalab aytish mumkin va bola har safar uni birinchi marta eshitayotgandek tinglaydi. Eng qiziq joyida o‘zingizni ayrim so‘zlarni unutib qo‘ygandek tuting. Davomini yoki tugallanishini boladan eshitishga muvaffaq bo‘lasiz.

9. Bolaning sizga biror narsa hikoya qilish istagiga befarq bo‘lmang. Ko‘ziga boqib, diqqat bilan tinglashga harakat qiling. Hayron qolish, qayta so‘rash, «Qanday qilib?» tarzida lol bo‘lish mumkin. O‘ta qiziquvchan ko‘rinishni namoyon eting. Ana o‘shanda bolaning o‘zi ko‘rgan va eshitgan hamma narsani sizga aytish istagiga guvoh bo‘lasiz, sezasiz.

Sayrdan keyin yuz bergan voqealarni oila a’zolariga hikoya qilib berish ayniqsa foydali. Masalan, dadasiga. Qor yog‘gani, sovuq, oppoq ekani, qo‘lga olish mumkinligi, Aziz uni ushlab ko‘rgani va h.k. Dada tasdiq ma’nosida boshini qimirlatib turishi kerak.

10. Bir yoshli bolaning o‘yin muhitini elektron o‘yinchoqlar bilan qurshab olmaslikka harakat qiling. Chunki bola faol ishtirokchi emas, passiv kuzatuvchiga aylanib qoladi. Tasavvuri ishlamaydi, barcha harakatlar cheklanadi (tugmani bosishdan tashqari) va bola o‘yin jarayoni ham, natija ham unga bog‘liq emasligiga ko‘nikadi. Koptok, mashina, kublar, piramidalar, matryoshkalar o‘ynang, yaltiroq kashfiyotlarni esa keyinga qoldiring.

Malumotlar
Bolani qanday qilib gapirishga o‘rgatish mumkin: