Jinsiy aloqadan keyin yuvinish haqida haqida to’liq ma’lumot oling

Jinsiy aloqadan keyin yuvinish haqida haqida to’liq ma’lumot oling

SAVOL:

Er-xotin qo‘shilgandan so‘ng g‘usl qilish shartmi yoki tahorat qilsa ham bo‘laveradimi?

JAVOB:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Er-xotin qo‘shilganidan so‘ng, hatto maniy nozil bo‘lmasa ham, g‘usl qilish farz bo‘ladi. Bu haqda hadisi sharifda shunday deyiladi: “Ikki jinsiy a’zoning kesilgan joyi to‘qnashsa va bosh qismi g‘oib bo‘lsa, maniy nozil bo‘ladimi yo yo‘qmi, g‘usl vojib bo‘ladi” (Imom Muslim rivoyati).

Junub bo‘lgan kishiga g‘usl vojib bo‘lishini quyidagi oyatdan bilib olamiz:

وَإِنْ كُنْتُمْ جُنُبًا فَاطَّهَّرُوا

Ya’ni: “…agar junub bo‘lsangiz, obdon poklaningiz (cho‘milingiz)!…” (Moida surasi, 6-oyat) G‘uslda uchta farz bor:
— og‘iz chayish;
— burun chayish;
— badanning hamma joyini yuvish.

G‘usl qilmoqchi bo‘lgan odam, quyidagi tartibga amal qilishi sunnat: avvalo qo‘lini yuvadi, keyin avrati va badanidagi najosatlarni ketkizadi, so‘ng xuddi namozga qilganidek tahorat qiladi, so‘ngra badanining hamma joyiga uch marta suv yetkazib yuvadi, oyog‘i ostida suv to‘planadigan bo‘lsa, yig‘ilgan suvdan chiqib, chetroqda oyog‘ini yuvadi (“Hidoya”, “Al-Ixtiyor”). G‘uslda niyat qilish sunnat hisoblanadi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati.

Manba: Fatvo.uz

Malumotlar
Jinsiy aloqadan keyin yuvinish haqida