Proteflazid tomchi — fitopreparat, virusli infeksiyalarga qarshi vosita. to’liq malumot oling

Proteflazid tomchi — fitopreparat, virusli infeksiyalarga qarshi vosita. to’liq malumot oling

?Proteflazid tomchi — fitopreparat, virusli infeksiyalarga qarshi vosita.
Mundarija скрыть

#Proteflazid tomchi

#Протефлазид томчи

?Dori shakli : tomchi

?Tarkibi : ?

O’t pike torf va tuproq qamishining tabiiy ekstraktlaridan iborat.

Qo’shimcha tarkibiy qism sifatida — 96 % li etil spirti ishlatiladi.

?TA’SIR QILISHIGA KO’RA ?

Fitopreparat , virusga qarshi vosita.

?QO’LLANILISHI ?

— Organizmdagi virusli infeksiyalarga qarshi samarali vosita.

— Birinchi va ikkinchi tipdagi gerpes virusi bilan kasallangan holatlarda juda samarali vosita

— Meningit kasalligida

— Ensefalit kasalligida

— Jinsiy a’zolar gerpes virusida

— Ko’z gerpesining kasalliklarida

— Zoster gerpesida

— Preparat infeksion kasalliklarga qarshi profilaktika maqsadida ham qabul qilinadi.

— Gepatit C va B kasalligida

— Qo’ziqorinli , virusli va patogen bakteriyalarga qarshi vosita

— Gripp da

— OITS kasalligida

— Sitomegalovirusda

— Mikoplazmada

— Ureaplazmosda

— Xlamidiya da

— Zamburug’li kasalliklarda

—Ekzema kabi teri kasalligida

— Stomatit kasalligida

— Jinsiy a’zolardagi tashqi va ichki virusli va bakterial kasalliklarida

— Immuniteti pasaygan odamlarda bakterial va virusli kasalliklarni oldini olish uchun.

?QABUL QILISH USULI ?

Preparatni qo’llashdan oldin yaxshilab chayqatiladi.

Proteflazid tomchi yoshga qarab tomchi taqsimlanadi.?

— Yangi tug’ilgan chaqaloq va 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda kuniga 1 tomchi.

— 1 yoshdan 2 yoshgacha bo’lgan bolalarda 1 tomchidan kuniga 2 mahal.

— 2 yoshdan 4 yoshgacha bo’lgan bolalarda 1 tomchidan kuniga 2 mahal .

— 4 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalarda 2 tomchi dan kuniga 2 mahal

— 6 yoshdan 9 yoshgacha bo’lgan bolalarda 4 tomchidan kuniga 2 marta

— 9 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalarda 5 tomchidan kuniga 2 mahal

— 12 yoshdan kattalarga esa 9 tomchidan kuniga 2 mahal

6 yoshgacha bo’lgan bolalarda preparatning kerakli dozasini 50 ml suvda shakar bilan eritib yuborish tavsiya qilinadi.

?NOJO’YA TA’SIRI ?

— Teri qichishishi

— Teri toshmalari

— Qorin yuqori qismida og’riq

— Ko’ngil aynish , qusish

— Bosh og’rig’i , holsizlik

— Biroz isitma ko’tarilishi ( ma’lum muddat ).

— Yonish xissi

❌Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar ?

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda

— Homiladorlikning birinchi 3 oyligida mumkin emas.

— Meda va 12 barmoq ichak yara kasalligida

?ADMIN MASLAHATI ?

?Preparatni qo’llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Chunki kasallik holatiga qarab dozalar miqdori va kun taqsimlanadi. ( o’zboshimchalik qilmang ?)

?Proteflazidni ko’pincha ayollar qabul qiladilar. Sabablari xar xil ,masalan : homilador bo’lib homilaning tug’ilishga yaqin davrda homila tushganda . Ya»ni homila tushishiga virusli va bakterial infeksiya sabab bo’lsa qabul qilinadi. ( Shifokor maslahati bilan).

?Homilador bo’lmaslikka TORCH infeksiyasi sabab bo’lganda .

?Ayollarda boshqa homiladorlikka aloqador bo’lmagan jinsiy a’zolar va boshqa virusli va bakterial infeksiyalarda buyuriladi.

?Hurmatli kanal a’zolari proteflazidni yuqorida ☝️yosh bolalardagi berish tomchi dozasini aytib o’tdik . Shifokor maslahatisiz yosh bolalarga preparatni bermang. Kamdan kam xollarda yosh bolalarga berishga to’g’ri keladi shu sabab ma’lumot sifatida tomchilar sonini ko’rsatib o’tdim.

?Yana bir ma’lumot sifatida , analoglarini ko’rsatib o’tmadim. Qabul qilishga to’g’ri kelsa proteflazidni o’zini qabul qilishni tavsiya qilaman. Chunki bu preparat ni o’zi juda yaxshi vosita .

Ko’pchilik ayollarimiz bu preparatni yaxshi bilishadi.

Narxi : 287 000 so’m.

?Qo’llash — retsept bilan.

?Ishlab chiqaruvchi — Ukraina.

Dorixona
Proteflazid tomchi — fitopreparat, virusli infeksiyalarga qarshi vosita.