Yangi yil sovg‘asi — bolalar uchun sherlar to’liq malumot oling

Yangi yil sovg‘asi — bolalar uchun sherlar to’liq malumot oling

Yangi yil sovg‘asi

Orif  To‘xtash

Hamma tomon oppoq qor,

Yer oq ko‘rpa ostida –

Mizg‘ib yotar intiq, zor

Bahoroyning vasliga.

Borliqni xo‘p allalab,

Ko‘kdan o‘ynab qor tushar.

Qiyqirishib bolalar –

Bunda chana tortishar.

O‘ynashadi qorbo‘ron,

Zavqi baland, shashti zo‘r.

Atrof bеg‘ubor biram,

Nashidasi, gashti zo‘r.

Qor tagidan mo‘ralar

Daraxtlarning novdasi.

Har bir bola ko‘nglida

Qorboboning sovg‘asi!

Sherlar
Yangi yil sovg‘asi — bolalar uchun sherlar