ALPOMISH HAQIDA haqida to’liq ma’lumot oling
ALPOMISH HAQIDA
ALPOMISH HAQIDA …Zindonda yotib, Alpomish Qorajonni ko‘rdi. Qorajon ekanini bilmadi. To‘qson bot mon temirdan sovut kiygan, zindonning boshi da qarag‘ayday buldurab ko’rinadi. “Bu Qal moqshohning xabar olib yurgan josuslarida, Alpomishning juda ko‘ngli cho’kib ketgan ekan, demasin”, deb Qorajonga qarab, bir so‘z aytib turgan ekan:
Zindonchilar, mendan xabar olasan, So‘zimni shohingga aytib borasan,
Men Alpomish, nazarkarda botirman, Botirlikda bu zindonda yotirman…
Bu so‘zni eshitib, Qorajonning ko’ngli buz
ilib, ko’zdan yoshi tizilib, jigarbag‘ri ezilib, “Do‘stim mardda, hali ham ko’ngli cho’gargan yo‘q ekan”, deb o‘zini bildirib, bir so‘z aytib turgan ekan:… Shunday qilib yo vuz Shoh Alpomishni zindonga tashladi. Hozir cha u zindonda tura tursin. Siz esa endi bu yog’idan, “Alpomish” dostonining yaratilish tarixidan eshiting.
Qadimgi davrlarda yaratilgan “Alpomish” dostoni xalq baxshilarining og’zaki ijrosida biz gacha yetib kelgan. Xalq baxshilari og’zidan qirqqa yaqin nusxasi yozib olingan. Bularorasida g‘oyaviybadi iy jihatdan eng mukammali Fozil Yo’ldosh o‘g‘lidan yozib olingan nusxa si hisoblanadi.
Dostonda tasvirlanishicha, Boysin Qo‘ng‘irotning biylari Dobonbiyning nevaralari va Alpinbiyning o’g’illari akauka Boybo‘ri va Boysari farzand siz bo’ladi.
Ular Shohimardon Pir qabrida qirq kechakunduz toat ibo dat qilib farzand ko’radilar. Boybo‘rining o‘g‘li Alpomish, qizi Qaldirg‘och, Boysarining qizi Barchin yetti yoshga yetgandav akauka janjal lashib, Boysari Qalmoq eliga ko’chib
Termiz shahrida o’rnatilgan Alpomish haykali.
Arxitektor: R. Salohiddinov, haykaltaroshlar A. Rahmatullayev, Q. Norxo‘rozov, R Podosinnikov, 0‘. 0‘roqov. ketadi. Yana yetti yildan keyin Alpomish Barchinni izlab Qalmoq eliga boradi va qal moq alplari bilan yonmayon turib,
Barchin ning to‘rt sharti (qirq kunlik yo‘ldan poyga, yoy tortishish, ming qadamdan tanga pulni urush va kurashda to‘qson alpni yiqitish)ni bajarib, uni o‘z yurtiga olib keladi. Qalmoqda qolgan Boysarining molmulkini tortib olib, o‘zini cho’pon qilib qo’yadilar.
Qaynotasini qutqazish uchun ikkinchi marta safarga borgan Alpomish qal moqlarga asir tushadi va yetti yil zindonda qolib ketadi. Qo‘ng‘irotda esa, Ultontoz hokimiyatni qo‘lga kiritib, Al • pomishning yaqinlarini quvg’in qiladi va Barchinga uylanmoqchi bo’ladi. Bu paytda oti Boychibor yordamida asirlikdan qutulgan Al pomish yurtiga qaytib keladi.
Dostonda taqdir taqozosi bilan ikkiga bo‘linib ketgan bir o‘zbek urug’ining qayta birlashishini badiiy aks ettirish orqali millat birligi g‘oyalari, uning qahramonona shon shuhrati, elyurt farovonligi va oila baxti, vatan ravnaqi uchun kurash kuy langan.
“Alpomish” dostoni turkiy xalqlarning mushtarak eposi hamdir.
Uning namunalari bugungi qoraqalpoq, qozoq, oltoy xalqlari epik an’analarida “Alpamis”, “Alpamis batir”, “AlipManash” nomlari bilan doston sifatida, tatar, boshqird xalqlari orasida esa, “Alpomsho”, “Alpamisho va Barsin hiluv” nomlari bilan ertak va rivoyatlar tarzida saqlanib qolgan va bizgacha yetib kelgan.
Hatto Panjikent atroflari, Qashqadaryo viloyatining Vargonza, Jo‘ynov qishloqlaridan o‘zbek dostonchilik an’analari ta’sirida yuzaga kelgan hamda o‘zgargan tojikcha va arabcha nusxalari ham yozib olingan.
Voqealar tizmasi o’xshash bo‘lgan bu xildagfasarlarning bir necha xalqlarda mavjudligi ularning qadimiy tarixiyhayotiy asoslari umumiy bo’lganligini ko‘rsatadi.
Biroq ularning har biri keyingi taraqqiyotida o’zlari mansub xalqning epik an’analari doirasida rivojlandi, og‘zaki ijod va ijro sharoitlarida yashashda davom etdi va keyingi davrlardagina yozib olindi. Shuning uchun ham uning taxmin va nusxalariga ega bo‘lgan har bir xalq unga o’zining milliy eposi sifatida munosabatda bolishi tabiiy hol.
1999yil respublikamizda “Alpomish” dostonining 1000 yilligi nishonlandi. Yubiley munosabati bilan uning ko’plab nusxalari, bu turkumga kiruvchi boshqa dostonlar kitob qilib chiqarildi. Shuningdek, doston tarixini, g’oyaviybadiiy xususiyatlarini aks ettiruvchi kitoblar, maqolalar chop etildi, ushbu dostonni va uning qahramonini ifodalovchi nasriy, nazmiy asarlar yaratildi va Termiz shahrida xalq qahramoniga ulug’vor haykal o’rnatildi.
Источник: https://haqida.su/alpomish-haqida
Malumotlar
ALPOMISH HAQIDA