BARAKATXON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BARAKATXON haqida malumot bilib oling.

BARAKATXON ibn Davlat Malik (? – 1246) — Jaloliddin xorazmshohning nufuzli amirlaridan biri. Otasi — Davlat Malik Xorazmshoh Malshadning oʻgʻli Gʻiyosiddin Pirshohning amiri boʻlgan. Davlat Malik Eron Ozarbayjonidagi Zanjon yaqinidagi jangda halok boʻlgach (1224), B. Ozarbayjondagi ildegiziylar hukmdori Ogʻabek Oʻzbek qoʻlida tarbiya topgan. Jaloliddin Hindistondan qaytib Tabrizni olgandan soʻng (1225), B. uning xizmatiga kirgan va tez orada yirik lashkarboshilaridan biriga aylangan. Jaloliddin halok boʻlganidan soʻng (1231-y. avg.), B. uning boshqa amirlari Qirxon, Ilon Bugʻo, Saruxon, Berdixon (Xonberdi) qatorida Alouddin Kayqubod qoʻshiniga kirgan. Ammo Kayqubodning vafotidan soʻng uning vorisi Kayxusrav xorazmiylar qoʻmondoni Barakatxonni oʻziga qarshi fitnada ishtirok etganlikda ayblab hibsga oladi. Shunda xorazmlik boshqa amirlar isyon koʻtarib, Barakatxonni ozod qiladilar va mamlakatni talontaroj qilib ketadilar. 1237 — 46 y. larda Barakatxon boshchiligidagi xorazmiylar Yaqin Sharq hukmdorlarining oʻzaro nizolarida ishtirok etganlar. 1246-y. B. Shom viloyatlari birlashgan qoʻshini tomonidan magʻlub etilib, jangda halok boʻlgan, qoʻshini tarqab ketgan. Bir qism qoʻshin B. ning oʻgʻli qoʻmondonligida xalifa xizmatiga oʻtgan.

Ensiklopediya.uz
BARAKATXON