BUXORIY Mirzo Shams haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUXORIY Mirzo Shams haqida malumot bilib oling.

BUXORIY Mirzo Shams (1804?) tarixnavis olim; saroy munshiylari avlodidan. Buxoriy oʻz ajdodlari izidan borib, Buxoro amiri saroyida munshiylik qilgan. 1845-y. u Makkaga hajga ketib, u yerdan 1849-y. qaytib kelgan, 1859-y. esa Orenburgga tijorat ishlari bilan borganda sharqshunos V. V. Grigoryev unga Buxoro va Qashqar xususida tarixiy asar yozishni maslahat bergan. Shunga koʻra B. «Bayoni baʼzi havodisoti Buxoro, Xoʻqand va Qoshgʻar» («Buxoro, Qoʻqon va Qashqarning ayrim voqeahodisalari bayoni») kitobini bitgan.

Farhod Qosimov.

Ensiklopediya.uz
BUXORIY Mirzo Shams