BUXAREST haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUXAREST haqida malumot bilib oling.

BUXAREST, Bukureshti — Rumыniya Respublikam poytaxti. Mustaqil maʼmuriy birlik. Mamlakatning jan. da, Quyi Dunay pasttekisligida, Dunayning chap irmogʻi boʻlgan Dimbovitsa daryosi boʻyida joylashgan. Aholisi 1,9 mln. kishi (1995). Shahar hoz. nomi bilan 14-a. dan maʼlum. 1659-y. dan Valaxiya, 1861-y. dan Ruminiya poytaxti. 1941-y. iyunda Buxarestni nemisfashist qoʻshinlari egallagan. 1944-y. nemislardan ozod etildi.

B. Ruminiyaning eng yirik shaxri, iqtisodiy va madaniy markazi. Yirik transport yoʻllari tuguni — transevropa magistrallari chorrahasida. Xalqaro aeroport bor. B. mamlakatda sanoat mahsuloti i. ch. da salmoqli oʻrin tutadi. Buxarestning asosiy sanoat tarmoqlari: mashinasozlik, metallsozlik, elektrotexnika, oziqovqat, toʻqimachilik, kimyo, tikuvchilik, koʻn poyabzal, oynashisha, chinnifayans, poligrafiya, rangli va qora metallurgiya, yogochsozlik. Buxarestda Ruminiya FA ning boʻlimlari va uning i. t. institutlari, tarmoq akademiyalari, unt va b. oʻquv yurtlari ishlab turibdi. Yevropa mamlakatlarida mashhur boʻlgan konservatoriya, kutubxonalar, muzeylar, teatrlar, Ateneum konsert zali (19-a.) va b. madaniymaorif muassasalari bor. Shaharning asosiy qismi Dimbovitsa daryosining baland soʻl sohilida. U yerda muhim maʼmuriy, savdo va madaniy muassasalar joylashgan. Metropoliten qurilgan. Buxarest va uning atrofida bogʻlar, meʼmoriy va arxeologiya yodgorliklari koʻp. 16—18-a. larga oid monastir va cherkovlar (MixayVode, Patriarx, Kretsulesku) saqlangan. Respublika Saroyi (20-a.) bor. 1977-y. da zilziladan qattiq shikastlangan.

Ensiklopediya.uz
BUXAREST