BUTOVSKAYA Yevdokiya Mixaylovna haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUTOVSKAYA Yevdokiya Mixaylovna haqida malumot bilib oling.

BUTOVSKAYA Yevdokiya Mixaylovna (1917. 28. 12, Poltava — 1982. 7. 1, Toshkent) — seysmolog olima. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978). fizikamat, fanlari d-ri (1971). Oʻrta Osiyo davlat untini tugatgan (1940). Oʻzbekiston FA Matematika inti seysmologiya boʻlimi tashkilotchisi va rahbari. Geol. va geofizika inti seysmologiya lab. mudiri (1963-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari zilzila muammolariga, zilzila oʻchogʻini va seysmik rejimini aniqlashga, joylarni seysmik r-nlashtirishga, Yer poʻstining chuqur qismlarini oʻrganishga doir. Oʻzbekistondagi 10 ga yaqin suv omborlarining mukammal seysmik r-nlashtirishga rahbarlik qilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).

Ensiklopediya.uz
BUTOVSKAYA Yevdokiya Mixaylovna