BURNONIT haqida malumot bilib oling.
BURNONIT (fransuz mineralogi J. L. Burnon nomidan) — murakkab sulfidlar kenja sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi CuPbSbS3. Baʼzan temir (5% gacha) va kumush (3% gacha) qoʻshimchalari boʻladi. Rombik sistemada kristallanadi. Rangi poʻlatsimon kulrangdan qoragacha. Yoʻgʻon ustunsimon va gʻildiraksimon qoʻshaloqliklar koʻrinishida. Moʻrt. Qattiqpigi 3 — 3,5. S. ogʻ. 5,7—5,9. Soʻniqmis rudalari, pirit, xalkopirit, galenit, sfalerit b-n birga mispolimetall, gidrotermal konlarining murakkab tiplarida uchraydi. Burnonit nurashga uchraganda serussit, malaxit va surma oxralari hosil qiladi. Konlari Oʻrta Osiyo, RF (Zabaykalye va b.), Avstraliya, Jan. Amerika mamlakatlarida bor. Oʻzbekistonda Qurama (Qoʻshbuloq oltin koni), Chatqol togʻlarida (Ustarasoy vismut koni) va jan. da (Xondiza polimetall kon i) da uchraydi. Burnonitdan qoʻrgʻoshin va mis olinadi.
Ensiklopediya.uz
BURNONIT